O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sahobiddinov Rustam Sirojevich

Sahobiddinov Rustam SirojevichBiologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1939 yil 25 iyunda  Toshkent shahrida  tug‘ilgan.  1963 yilda Farg‘ona  davlat pedagogika  instituti  tibbiyot  fakulteti  biologiya-geografiya  bo‘limini  tugatgandan so‘ng , mazkur  institutining botanika  kafedrasida assistent lavozimida o‘z faoliyatini  boshlagan.
  Ilmga  bo‘lgan qiziqish  uni 1969 yili Toshkent  shahriga – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining  O‘simlik  kimyosi  institutiga  yetaklagan. Bu yerda  taniqli  botanik - xomashyoshunos olim  Ye. Ye. Karakova  rahbarligida  eng qimmatli  dorivor  o‘simliklardan  hisoblangan  bo‘rigulning bioekologiyasi, tarqlishi, tabiiy zahiralarini  aniqlashga  qaratilgan  ilmiy – tadqiqot  ishlarini olib borgan.
  Mazkur  institutda 1969 - 1972 yillari u aspirant, so‘ng 1979 yilgacha ilmiy xodim  sifatida  faoliyat ko‘rsatgan. Ko‘p yillik  izlanishlari  natijasida  1979 yilning aprelida “Bo‘rigul o‘simligining Farg‘ona vodiysi  o‘simlik  qoplamida  o‘rni” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya qilib,  biologiya fanlari  nomzodi  ilmiy darajasini olgan.
  R. Sahobiddinov  1980 - 1988 yillar  davomida  Toshkent  qishloq   xo‘jaligi  institutining Farg‘ona filialida  ilmiy bo‘lim  mudiri, kafedra o‘qituvchisi lavozimlarida    ishlagan. FDPI ning botanika kafedrasida 1988 yildan boshlab  o‘z faoliyatini davom ettirgan. Uning 60 ga yaqin ilmiy ishlari  chop etilgan. R.Sahobiddinov xomashyoshunos – botanik  mutaxassis  sifatida  qator xorijiy  olimlar  ishtirokida  tuzilgan “Arealiy lekarsvenniyx  rasteniy” (1976) monografiyasini yozishda ishtirok etgan.   

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5