“Eng baxtli insonlar el, ota - ona duosini olganlar “ , deydilar.
Jizzax politexnika institutining avtotrasport fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Nodira Ilhomovna Saidahmedova ham ana shunday ta’rifga munosib, desak yanglishmaymiz.
Ziyoli oilada, ya’ni texnika fanlari doktori Tirkashev Ilhomjon va texnika fanlari nomzodi Urdusheva Baxtixonlar oilasida o‘sib ulg‘aygan Nodiraxon yoshligidanok ilmga ixlos ko‘ydi.
U 1990 yilda Jizzax shahridagi 8 - maktabni oltin medalga bitirdi va o‘kishni davom ettirish uchun Toshkent davlat iktisodiyot universitetiga kirdi.
N.Saidahmedova 1996 yilda universitetni tamomlab, iktisodiyot asoslari va tamoyillari mutaxassisi sifatida Jizzax politexnika institutining “Transportda iktisodiyot va boshkaruv” kafedrasida ish boshladi.
1998 - 2007 yillar davomida u institutning “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchi vazifalarida faoliyat yuritdi.
Ilm odamni mas’uliyatga chorlaydi, deganlaridek Nodiraxon Saidahmedova institutdagi xizmatlari barobarida 2006 yildan Toshkent davlat iktisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Iste’mol mollari marketingi tizimida tovar siyosatini shakllanish”" (yengil sanoat korxonalari misolida) mavzusida nomzodlik ishini ximoya kildi.
Raxbarlik xislat va kobiliyatni hamda chukur bilimni talab etadi. Nodira Ilhomovna Saidahmedova 2009 - 2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida “Bozor iktisodiyoti asoslari va tamoyillari” mutaxassisligi bo‘yicha saboq oldi.
N.Ilhomovna 2010 - 2013 yillarda Jizzax politexnika instituti prorektori vazifasini bajaruvchi, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i kabi mas’uliyatli vazifalarini ado etish bilan birgalikda Xalk deputatlari Jizzax viloyat kengashi deputati maqomida kengashning Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash doimiy komissiyasi a’zosi bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xotinqizlar ko‘mitasi Boshkaruv kengashi a’zosi, shuningdek, jamoatchilik asosidagi Jizzax viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazida O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar tarakkiyotining ustuvor yo‘nalishlari amaliyotini ta’minlash borasida Jizzax viloyati hokimligi huzurida mintakaviy ilmiy - texnika va innovatsion faoliyatni tashkil etish va muvofiklashtirish ishlarini amalga oshirishda yordam kiladi. Bu sohadagi jarayon hisobiga mamlakatimiz fukarolari turmush farovonligi oshadi, ijtimoiy - iktisodiy rivojlanish borasida jahonning yetakchi mamlakatlari katoridan o‘rin olishga erishiladi.
Mehnati, izlanishi, tinib - tinchimasligi evaziga katta muvaffaqiyat va obro‘ga sazovor bo‘layotgan N.Saidahmedova hozirda doktorlik darajasi uchun ilmiy tadkikotlar olib bormokda.
Tanikli olimaning risoladagidek oilasi bor. Nodiraxonga har tomonlama ko‘maklashadigan turmush o‘rtog‘i Saidahmedov Dilshodbek muhandis, kizlari Nozimaxon, Noilaxon institut talabalari, Feruzaxon akademik litseyda, o‘g‘li Asilbek esa maktabda ta’lim olmokda. Kichkintoy nabirasi yoshgina buvijonisining erkatoyi.