Shermirza Dodhohmirzaevich Saidboyev 1956 yil 19 dekabrda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Sayram qishlog‘ida tavallud topgan. 1964 yili shu tumandagi 3 - o‘rta maktabga o‘qishga kirib, uni 1974 yilda a’lo baholarga tamomlagan.
1974 yildan Ibrat nomli jamoa xo‘jaligining oddiy a’zosai sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
1975 - 1977 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan.1978 — 1982 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “Bank buxgalteriyasi” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib, oliy ma’lumot olgan. 1982 yildan mazkur institutning pul muomalasi va kredit kafedrasida assistent lavozimida ishlagan.
1985 - 1987 yillarda Leningrad (hozirgi Sankt - Peterburg) moliya-iqtisod institutining pul muomalasi va kredit kafedrasi aspiranturasida ilmiy izla- nishlar olib bordi. 1988 yilda “Paxtachilik va uzumchilikka ixtisoslashgan sovxoz - zavodlarning oborot vositalari manbalarini shakllantirishda agrosanoat bank bilan munosabatini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1988 — 1992 yillarda Namangan sanoat-texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) dotsent lavozimida ishlagan.
1992 — 1994 yillarda Sankt - Peterburg moliya - iqtisod universiteti doktoranturasida tahsil olib, “Tadbirkorlar kapitallarining manbasini shakllantirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
Olim 3 ta monografiya va 150 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir. U “Bank menejmenti”, “Iqtisodiyot nazariyasi” va “Bank xabarlari” nomli o‘quv qo‘llanmalarini chop ettirgan.
Sh.D.Saidboev 2000 yildan hozirgacha Namangan muhandislik - iqtisodiyot institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.