A’lamxon Turdialiyevich Saidmamatov 1961 yil 27 oktyabrda Chortoq tumani Koroskon qishlog‘ida tug‘ilgan.
1968 -1978 yillarda tumandagi 68 - o‘rta maktabda o‘qigan.
1978 yil Toshkent politexnika institutining sanoat va fuqoro qurilishi fakultetining “Sanoat va fuqoro qurilishi ” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1983 yilda tamomlagan. Institut yo‘llanmasi bilan Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) ish boshlagan.
1983 — 1989 yillarda sanoat, fuqaro va qishloq xo‘jaligi binolari arxitekturasi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan.
1989—1990 yillarda shu kafedrada stajyor - tadqiqotchi lavozimida, 1990 — 1993 yillarda Toshkent arxitektura - qurilish institutining kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan. 1993 yili “Ko‘p qavatli zilzilabardosh temir - beton karkasli binolarning optimal yechimiga fazoviylik, nochiziqlik va zamin faktorlarining ta’sirini baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1994 — 1995 yillarda qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasida katta o‘qituvchi, 1995 yildan dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1998 yildan “O‘z uy – joy jamg‘arma bank” Namangan bo‘limida loyiha - smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va uy - joy qurilishini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishdab kelmoqda. U 40 dan ortiq ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.