Sottixon Mahmudovich Saidov 1956 yil 11 mayda Namangan viloyatining Kosonsoy tumani Chindovul qishlog‘ida tug‘ilgan.
1980 Samarqand davlat arxitektura - qurilish institutining qurilish fakultetini “Sanoat va fuqoro qurilishi” ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, Kosonsoy qurilish texnikumiga ishga yuborildi.1983 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent politexnika inetitutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga keldi. 1991 yilgacha assistent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1991 - 2000 yillarda katta o‘qituvchi lavozimida ishlash bilan birga, ishdan ajralmagan holda ilmiy tadqiqotlar olib borib, 1999 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand filiali qoshidagi Ixtisoslashtirilgan kengashda “Qurilish mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Transport vositalaridan tarqalayotgan vibratsiya to‘lqinlarining tarqalishini yerning relefi va gruntning reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2000 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Pedagogik va ilmiy faoliyatlarini uyg‘un holda olib borishi natijasida xalqaro va respublika miqyosida chop etiladigan “Mexanika gruntov i osnovanie i fundament!”, “Problemn mexaniki” “Voprosi dinamiki soorujeniy i nadejnosti mashin” ilmiy jurnallarida, xalqaro va respublika miqyosidagi hamda mintaqaviy ilmiy anjumanlarda 20 ortiq maqolalar bilan faol ishtirok etgan.