Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1934 yil 5 dekabrda Xorazm viloyati Mang‘it tumanida tug‘ilgan. 1952 yilda Toshkent davlat chet tillar institutiga o‘qishga kirdi. Talabaligidayoq ingliz tilida ravon va tez gapirgani uchun respublika radiosida ingliz tilida eshittirishlar olib bordi.
1960 - 1963 yillarda O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti aspiranti sifatida ish olib bordi. 1963 yilda uni Farg‘ona davlat pedagogika instituti chet tillar kafedrasi mudirligiga taklif qilishdi. 1968 yilda Buyuk Britaniyaning Lidz shahrida ingliz olimlari bilan hamkorlikda ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. 1974 - 1986 yillarda esa Farg‘ona davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti dekani sifatida faoliyat yuritdi. 1986 - 1991 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituta chet tillar kafedrasi dotsenti, 1991-1995 yillarda universitet ingliz tili kafedrasi mudiri, 1995 - 2008 yillarda ingliz tili kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishladi.
I.Saidov 1971 yilda UzR FA Til va adabiyot instituta qoshidagi ilmiy Kengashda “Ingliz va o‘zbek tillaridagi noreallikni ifodalovchi mayldor fe’l shakllari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2008 yildan boshlab esa Y.Saidovni Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Fargona filialiga kafedra ilmiy salohiyatini oshirish va ko‘maklashish uchun ishga taklif qilishdi. Shundan beri u o‘sha yerda faoliyat yuritmoqda. Bu yillar davomida u “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti (2008- 2010 yillar), “Tillar va sport” kafedrasi mudiri (2010-2011 yillar) sifatida ishladi. 2011 yildan beri Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali “Tillar va sport” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
I.Saidov 7 ta o‘quv qo‘llanma, 30 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir.