Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1933 yil 16 mayda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat pedagogika institutining geografiya fakultetini bitirgan ayollar orasida birinchi olima. Farg‘ona shahridagi 1 - o‘rta maktabni 1952 yilda tamomlab, Farg‘ona pedagogika institutiga o‘qishga kirgan.1957 yilda geografiya fakultetini tugatgandan so‘ng Quva tumanidagi 20 - maktabda o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 1958 yildan boshlab geografiya kafedrasida laborant , katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan.
1973 yilda Toshkent davlat universiteti geografiya fakulteti qoshidagi katta ilmiy Kengashda “Geografiya darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkillash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. R. Saidova maktablarlarda geografiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqdi va talim samaradorligini oshirishda mustaqil ishlarning ahamiyatini ochib berdi.Uning tadqiqot ishida mustaqil ishlarni sistemali amalga oshirish o‘quvchilar ko‘nikma va malaklarining rivojlanishiga, o‘quvchilar vaqtining tejalishiga, dars jarayonida xilma - xil metod va usullardan foydalanishga qulay imkoniyat yaratishi asoslab berildi.