O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Saifnazarova Farida Soipnazarovna

Saifnazarova Farida SoipnazarovnaToshkent Davlat Agrar universitetining Falsafa kafedrasi dotsenti

     Toshkent Davlat Agrar universitetining Falsafa kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Saifnazarova Farida Soipnazarovna o‘z sohasining yetuk olimalaridan. 1974 yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O‘zMU)ning Falsafa fakultetini imtiyozli tugatgan, 1976 - 1981 yillarda Toshkent Qishloq xo‘jaligi instituti Falsafa kafedrasi assistenti, undan keyin Toshkent Davlat universiteti falsafa kafedrasining aspiranti, so‘ngra shu kafedraning assistenti, katta o‘qituvchisi, 1989 - 2013 yillar Falsafa kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat yuritdi. Darslarni bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalariga yuqori ilmiy-nazariy darajasida, zamonaviy pedagogik texno - logiyalar asosida sifatli olib boradi.
 Saifnazarova Farida Soipnazarovna AQSh va Malayziya mamlakatlari univer - sitetlarida tajriba oshirish kurslarini bitirgan. U Oila va oilaviy munosabatlar, yoshlar tarbiyasi, ularning dunyoqarashi tamoyillari, qadriyaglari va g‘oyalarini shakllantirish masalalari yuzasidan ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Olimaning 100 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlari chop etilgan. Shu jumladan, “O‘zbek oilasi: ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar” va “Uzbekskaya semya kak natsionalnaya i obshestvennaya tsennost: proshloe i nastoyashee” nomli monografiyalari o‘zbek va rus tillarida chop etilib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda muhim dasturilamal sifatida qo‘llanilmoqda. Olimaning yana bir risolasi “Mafkuraviy xurujlar nima?” deb nomlanadi, u hozirgi kunning dolzarb mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, hozirgi yoshlarimizning mafkuraviy immunitetini shakllantirishda keng foydalanilmoqda.
 Farida Saifnazarova 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifidir. Mohir pedagog, ustoz - murabbiy tomonidan har yili talabalar bilan turli mavzularda rang - barang festivallar, ilmiy debatlar, ochiq darslar, qiziqarli kechalar o‘tkazib kelinadi. Ushbu tadbirlarni o‘tkazishda talabalarning tashabbuskorligini, tashkilotchilik qobiliyatlarini mohirona shakllantira oldi va mehribon murabbiy sifatida talabalarning yuksak hurmatiga sazovar bo‘lishga erishdi. Saifnazarova Farida Soipnazarovna 2003 - 2010 yillarda oliygohning xotin - qizlar qo‘mitasida faoliyat ko‘rsatib, qizlarni oilaga tayyorlashda o‘z ilmiy maslahatlari, taklif va tashabbuskorligini namoyon qildi va jamoaning hurmat - e’tiborini qozondi. 2012 yildan Saifnazarova Farida Soipnazarovna sifatida faoliyat olib bormoqda. U doimiy ravishda o‘z kasb tajribasini, siyosiy, huquqiy, ilmiy - nazariy darajasini oshirish ustida qat’iyat va sabr - toqat bilan ishlaydi, har ishda tashabbuskor, jur’atli, to‘g‘riso‘z, ma’naviy yetuk, o‘z kasbdoshlariga nisbatan doimo mehribon va g‘amxo‘r. Tajribali pedagog universitet va fakultet professor - o‘qituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmat va e’tiborga ega.
 Farida Soipnazarovna oilali, turmush o‘rtog‘i taniqli siyosatchi va faylasuf olim, falsafa fanlari doktori, professor Ismoil Saifnazarov bilan baxtli hayot kechirmoqdalar. Ular ibratli ota - ona sifatida uch o‘g‘il farzand va beshta nabirani tarbiyalab, voyaga yetkazmoqdalar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80