O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Saitmurotova Oguljon

Saitmurotova Og'uljonBiologiya fanlari doktori

    Og'uljon Saitmuratova 1945 yili Turkmaniston respublikasining Toshhovuz shahrida tavallud topgan.Otasi Xudoybergan og‘a oddiy ishchi, onasi Oyshaxon opa uy bekasi bo‘lib, farzandlarini mehnatsevarlikka, halollikka o‘rgatishdi. Og'uljan bolaligidan biologiya faniga qiziqardi va 1962 yili shahardagi 4 - o‘rta maktabni a’lo baholarda tugatarkan, yaxshi biolog bo‘lish orzusida Toshkent davlat universitetining tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. Talabalik yillarida ulug‘ olimlarning ma’ruzalarini eshitib, dunyoqarashi o‘zgardi, chuqur fikrlaydigan bo‘ldi. Oliygohni imtiyozli diplom bilan bitirib, aspiranturaga yo‘llanma oldi. 1986 yili O‘zR FA ning Biokimyo institutida aspiranturani tamomladi. 1972 yili akademik Yolqin Xolmatovich To‘raqulov rahbarligida “Sog‘lom va tireoid buqoq bezi kasalliklarining ribosomalari” mavzusida nomzoddik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. 1973 yildan boshlab O‘zR FA ning Bioorganik institutida kichik ilmiy xodim, 1886  - 1992 yillar katta ilmiy xodim, keyin yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Bu davrda olima oqsil sintezi bilan bog‘liq yangi - yangi yo‘nalishlar ochishga, fanda yangiliklar yaratishga muvaffaq bo‘ldi. 1991 yili “Neyron hujayrasi yadrosidagi oqsilning sintezi va hosil bo‘lgan mahsulotning biologik roli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya kildi. Olimamiz ueimlik moddalari ichidan raknp davolaydigan moddalari i ajratib olib, tekshirib va uni tibbiyotga tadbiq etish to‘g‘risida grant loyihalari bo‘yicha izlanishlarda ham qatnashib keldi. Shuningdek, 2005 “Sihat - salomatlik yili” bo‘lgani uchun kamqonlikka va qand kasalligiga qarshi bioqo‘shimchalar yoki biopreparatlar ishlab chiqarib, xalqning dardiga darmon  bo‘ldi. Olimaning ilmiy faoliyati 180dan ortiq maqola, tezis, risola, monografiya va ko‘llaimalarda o‘z ifodasini topgan. Ilmiy ishlari Respublikamizning nufuzli jurnallarida va chet ellarda chop etilgan. O‘zR FA Bioorganik kimyo institutida Ilmiy kengash, nomzodlik va doktorlik dissertatsiya himoya qilish bo‘yicha Ixtisoslashgan Kengashning (1998-2006YY.) ilmiy kotibasi bo‘lib ish olib bordi. Olima 1999 yili “Ayollar” yiliga bag‘ishlangan tanlovda ilmiy qo‘llanmasi bilan qatnashib, 1 - o‘ringa sazovor bo‘ldi. Salohiyatli ilmkor 1999 - 2008 yildan beri ravishda o‘rindosh, so‘ngra 2008 yildan boshlab esa doimiy professor lavozimida ishlab, talabalarga ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulot darslarini mazmunli va qiziqarli o‘tib kelmoqda. Bundan tashqari, kafedraning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Bioorganik kimyo instituti bilan hamjihatlikda tajribalar o‘tkazib, qator maqolalar chop ettirgan. ToshPMIda medico - biologik kafedrada muammolar kengashi a’zosi, kafedrada talabalar ilmiy jamiyatiga mas’ul. Olima hamisha harakatda. U 1999 yili talabalar uchun o‘kuv uslubiy qo‘llanmasini chiqargan. Shuningdek, talabalar uchun 2012 yili gistologiya fanidan “Test savollar to‘plami”ni kafedra xodimlari bilan birgalikda o‘zbek va rus tillarida yozilib, chop etildi. 2011-2012 yillarda 1 va 2 - bosqich tibbiyot instituti talabalari uchun “Nerv to‘qimasi” o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tilida kirillcha va lotin grafikasida nashrdan chiqarildi.Bu qo‘llanma mavzuga tegishli bo‘lgan yangi ma’lumotlar bilan boyitilganligi jihatidan ham ahamiyatlidir. Ko‘llanma sodda, tushunarli tilda va zamon talablariga mos ravishda yozilgan. Shuningdek, mavzuga oid rasmlar ham keltirilgan. 2013 yili qo‘llanma uchun olima O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.
    U umr yo‘ldoshi Jumaniyoz Qutliyev (bioloshya fanlari doktori, professor, O‘zR FA Mikrobiologiya institutida laboratoriya mudiri) bilan dilbandlariga tarbiya va ta’lim berishda ham ibrat bo‘llikdir. Ular Gulchexraxon (tibbiyot fanlari nomzodi, Endikrinologiya ilmiy tekshirish markazida doktorant) va Go‘zalxon biologiya fanlari nomzodi, O‘zR FA Mikrobiologiya institutida katta ilmiy xodim) larni voyaga yetkazib, ularning qalbiga ham ilm cho‘g‘ini olovlata olgan insonlardir. Ha, ularniig izidan iz bosib kelayotgan ikki nabiraning ham taqdirida ilm yo‘li bitilgan bo‘lsa ne ajab!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5