Salaeva Navbahor Valieva 1958 yil 22 noyabrda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug‘ilgan. 1976 yil Urganch shahridagi 7-maktabni tamomladi va jonajon maktabida yetakchi bo‘lib ishlay boshladi.1979 — 1982 yillarda esa Urganch shahridagi Pedagogika bilim yurtida tahsil oldi. Uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1982 yilda Moskva Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirdi. 1982 yilda pedagog va ruhshunos mutaxassisligini egallab, Urganch Davlat pedagogika oliygoxining «Pedagogika va psixologiya» kafedrasiga assistent o‘qituvchi bo‘lib ishga qabul qilindi.
1990 yilda Toshkent Davlat Nizomiy nomidagi pedagogika institutining asipiranturasiga qabul qilindi. Uni muvaffaqiyatli tugatgach, 1994 yili Xorazm viloyati Pedagoglar malakasini oshirish institutining «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsata boshladi. 1999 yildan buyon Urganch Davlat universitetining «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi mudiri vazifasida ishlamoqda. U 2002 yilda «Xorazm oilalarining etnopsixologik xususiyatlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uni Xorazm «Olima ayollari» uyushmasi a’zosi sifatida ham yaxshi biliishdi, xotin-qizlar qo‘mitasining ham faollaridan.
Talabalar va magistrantlar bilan esa «Ustoz-shogird» an’analarini davom ettirib, ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 26 ta ilmiy maqola, uslubiy-metodik qo‘llanmalari chop etilgan. Navbaxor Salaeva bugungi kunda «Xalq og‘zaki ijodining shaxs psixologiyasiga ta’siri» mavzusida doktorlik ilmiy ishi ustida mashg‘ul.
Olima hamma havas qilgulik oilaning bekasi. Turmush o‘rtog‘i G‘.Otajonov - jurnalist, to‘rt nafar shirindan-shakar farzandlari bor.