O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Salimov Jumaboy

Salimov JumaboyTexnika  fanlari nomzodi, dotsent

     1940 yil 10 dekabrida Tozayormish qishlog‘ida tug‘ilgan. 1958 yilda shu qishloqdagi 30 – o‘rta maktabni bitirdi.
    1959 - 1963 yillarda harbiy xizmatda bo‘lib qaytganidan keyin 1963 - 1964 yillari Toshhovuz shahrida radiolashtirish qurilish - montaj boshqarmasida montyor bo‘lib ishladi.
    1964 yilda Toshkent politexnika institutiga (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) “Elektr mashinalari va apparatlari” ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. Uch yillik harbiy xizmat mashaqqatlarini tortib, tanlagan ixtisosligiga yaqin ishlab chiqarish sohasida mehnat qilish tufayli ozmi - ko‘pmi hayot tajribasiga ega bo‘lgani, o‘qishga jiddiy munosabati unga institutni muvaffaqiyatli tugatishda yordam berdi. Shu jihatlar hisobga olinib, 1969 Yili injener - elektromexanik mutaxassisligiga ega bo‘lgan J.Salimov Yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash davlat komissiyasi qarori bilan qadrdon institutining “Elektr mashinalari” kafedrasida assistent lavozimiga ishga qoldirildi.
    Pedagogik faoliyatini 1969 yildan boshlab, 1996 yilning iyul oyigacha mazkur institutning Energetika fakulteta “Elektr mashinalari” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi. Shu oraliqda, 1983 Yili Tomsk politexnika institutida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1993 yilda unga dotsent unvoni berildi.
    1996 yildan Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari institutida yetakchi mutaxassis, hozirgi kunda esa, malaka oshirish bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelmoqda. Lekin u o‘zi o‘qigan oliy dargoxdagi jonajon kafedrasi bilan aloqasini uzmasdan, pedagogik va ilmiy- uslubiy ishlarda ham faol qatnashib turadi. Keyingi davrda N.B.Pirmatov bilan hamkorlikda “Elektr mashinalari” kursi bo‘yicha darslik qo‘lyozmasini tayyorlashni yakunladi.
    60 dan ortiq ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan, 19 ta mualliflik guvohnomasi va respublika patentlari, 7 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda boshqa ilmiy va ilmiy  - uslubiy maqolalari bor.
    J.Salimov bilim sohasi: 500000 - muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari, bakalavriat yo‘nalishi: “V 521500 Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo‘nalishida o‘tiladigan “Elektr mashinalari” o‘quv fanidan namunaviy dastur ishlab chiqdi.
    O‘zbekistan Respublikasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha uch qismdan iborat me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda faol qatnashdi. Endilikda mazkur hujjatlar asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarining isloh qilinishi, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish o‘quv dasturlarining Davlat talablari asosida tayyorlanishi va ularning amalda bajarilishi monitoringini o‘tkazish va taxdil qilish ishlarini amalga oshirib kelyapti.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5