Salomova Xakima 1975-yilda Buxoro Davlat Pedagogika Institutining tibbiyot fakultetining biologiya-kimyo bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan Hakimaxon mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, 1981-yildan Buxoro texnologiya instituti "Falsafa" kafedrasida laborant vazifasini bajarishdan boshladi.1984-yili TAShDU tabiiy fakultetlari "falsafa" kafedrasida kunduzgi maqsadli aspiranturaga o‘qishga kirib 1988-yil "Ekologiya me’yor muammosi" mavzuyida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.1989-yil Pushino shahrida o‘tkazilgan halqaro simpoziumda "ekosistema, ekokomponentlarining limitik me’yori" mavzusida ma’ruza qildi. 1990-yil Bolgariyaning Kazanlak, Sofiya shaharlarida o‘tkazilgan birinchi halqaro simpoziumda "O‘zbekistonning ekologik holati, agrosistemalarning limitirik me’yori" mavzusi bo‘yicha,1993-yil Toshkentda o‘tkazilgan halqaro ilmiy konferentsiyada tafakkur va tilning dialektikasiga oid ma’ruzalar qildi. Salomova Xakima Buxoroning 2500 yillik to‘yiga atab "Buxoro viloyatida ekologik me’yoriga rioya qilish borasidagi mulohazalar" kitobchasini Toshkentda chop ettirdi. 1995-yil "Me’yor monografiyasi" "Buxoro" nashriyotida bosilgan. Hakima .Salomova "Me’yor kategoriyasi, uning tarihi nazariyasi, amaliyotdagi o‘rni va ahamiyati" mavzuyidagi doktorlik disertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Izlanuvchan olimaning ko‘plab ilmiy maqolalari matbuot, to‘plgmlarda yoritilgan.