1934 yilda xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1960 yilda Samarqand tibbiyot institutini tamomlab , 1960 - 1963 yillarda Qo‘shko‘pir tumani va Xiva shahar tug‘uruqxonasida vrach - akusher – ginekolog bo‘lib ishladi. 1963 - 1968 yillarda Toshkent tibbiyot institutining akusherlik ginekolog, ginekologiya kafedrasida klinik ordinatura na aspiranturasida o‘qib, ilmiy ish olib bordi. 1968 yilda aspiranturani tugatib, Xiva shahar tug‘ruqxonasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan va ilmiy izlanishlarini shu dargohda davom ettirdi Zayra Saraymanova 1971 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Sobiq SSSR oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan uning ilmiy ishi yuqori baholandi. Xiva shahar tug‘ruqxonasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan yillari u yosh mutaxassislarni tarbiyalashda murabbiylik qildi. Vrach internalarga o‘z tajribalaridan o‘rgatdi. 1974 yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga binoan Toshkent tibbiyot institutining akusherlik ginekologiya kafedrasiga assisent qilib tayinlandi. Ilmiy izlanishlar va tajribalar natijasida Saraymanovaning 30 dan ortiq ilmiy maqolalari, 20 dan ziyod meto¬dik o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Talabalarning Zayra Saraymanova rahbarligi ostida olib borgan ilmiy ishlari Respublika, butun ittifoq anjumanlarida yuqori baholandi. Diplom va mukofotlarga sazovor bo‘ldi. U jamoat ishlarida faol qatnashdi. Talabalar ilmiy kengashiga rahbar, institutda davlat imtihonlari o‘tkazishda, siyosiy - tarbiyaviy ishlar olib borishda faol qatnashdi.
Uning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi.