O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sattorov Alisher

Sattorov AlisherTibbiyot fanlari doktorlik

   Mohir shifokor, olim Alisher Rahimovich Sattorovning bolalik (1958 yilda tug‘ilgan) va talabalik yillari Samarqand shahrida kechgan Alisher oiladagi o‘rta farzandning yettinchisi bo‘lib, ziyoli ota - onasining tarbiyasi ostida, aka - uka va opa - singillaridan qolishmaslikga intilib, oiladagi 5 iafar bola qatorida o‘rta maktabni “Oltin medal” bilan tugatdi va ularga ergashib tibbiyot sohasini tanladi. Oila boshlig‘i Rahim ota o‘qimishli, ko‘p yillar davomida o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi, direktor, tuman xalq talimi Boshqarmasining rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Onsi Muhayyo aya esa farzandlarini oq yuvib - oq tarab katta qildi. Ota - onaning zahmatlari orqada qolib, katta o‘g‘il Rashid Sattarov tibbiyot fanlari doktori, professor darajasiga ko‘tarildi, ayni paytda SamMIda kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritmoqda. Alisher ham akasining izidan borib, Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash fakultetida tahsil oldi va uni muvaffaqiyatli tugatgach (1975 – 1981) Qarshi shahar 1 - son shifoxonasida internatura, Qashqadaryo viloyat travmatologiya shifoxonasida travmatolog - ortoped (1982 - 1986 yy.) bo‘lib ishladi. O‘zbekiston Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutida klinik ordinaturani tugatib (1988 - 1988 yy.), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi T. Ungboyev rahbarligi (mtida “Jismoniy omillar ta’sirida suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiyasini optimallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffatsiyatli himoya qildi. Keyinchalik, ushbu institutda bo‘lim mudiri va katta ilmiy xodim (1986 - 1994 yy.) lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ng sobiq Ittifoqda taniqli bo‘lgan travmatolog - ortoped, akademik A. A. Korj va professor A. S. Chekunov qo‘l ostida “Pestitsidlarni organizmga zararli ta’siri natijasida yirik bo‘g‘imlardagi sinishlarni kompleks davolash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (Ukraina, Xarkov sh., 1996 y.). Alisher Rahimovich 1994 yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy Markazida travmatologiya va ortopediya kasalliklarida bemor - nogironlarni kompleks davolash bo‘limi mudiri vazifasida ishlab keladi. Uning rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish agentligining “Umurtqa pog‘onasi va orqa miya kasalligi bilan kasallangan bemor va nogironlarni davolashni takomillashtirish” amaliy va “Iolivergebrogep kasalliklarni davolashda kam invaziv jarrohlik usullarini tadbiq qilish” innovatsion loyihalari Markazi joriy etildi. Butun bo‘limda shifokorlar tibbiyot fanlari doktori A. Sattorov boshchiligida ishlab chiqilgan “Bemor - nogironlarda umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning ko‘plab shikastlanishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish” mavzusidagi grant amaliy loyihasi ustida ish olib bormoqdalar. Olimning 300dan ortiq ilmiy maqola va tezislari turli nomdagi jurnallar, to‘plamlarda nashr qilingan. Jumladan, xorijiy davlatlarda (Italiya, Ispaniya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Avstriya, Germaniya) 15dan ortiq ilmiy maqola va 100ga yaqin tezislari ilmiy manbalarda chop etilgan. Uning ishtirokida jarrohlik sohasidagi yangiliklar sirasiga “Chanoson va tizza bo‘g‘imlarini protezlash”, “Perkutan vertebroplastika”, “Ballonli kifoplastika”, “Transpedikulyar metallokonstruktsiyalarni qo‘llash”, “Endoskopik diskektomiya” kabi operatsiya usullari Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy Markazi, hududiy Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Markazlari, Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli Markaziy gospitalida keng qo‘llanilmoqda. Olim travmatologiya va ortopediya sohasida Yuga yatsin ixtiro va patentlar sohibi. Tashabbuskor olim A. Sattorov ishtirokida 850 nafar bemor va nogironlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Yuga yatsin tayanch - harakat tizimi a’zolari kasalliklaridan bemorlarda jarrohlik mahorat amaliyotlari muvaffatsiyatli bajarildi. Alisher Rahimovich 3 farzandning jonkuyar padari buzrukvori sifatida rafitsasi Gulchehraxon opa (“A. Sattorov” xususiy klinikasining rahbari) bilan ularni jamiyatga munosib insonlar qilib tarbiyalashdi. Otabek - huquqshunos, Jahongir - tadbirkor, Mohinur esa Toshkent pediatriya institutining 5 - kurs talabasi. Ular ham el, yurt koriga yarab, ota - onalarining yuzlarini yorug‘ qilishga bel bog‘lashgan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5