O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shabadikov Qonaq Xuseynovich

Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent

    1944 yil 30 aprelda Qirg‘iziston Respublikasining  O‘sh viloyati  Novqat tumanida  tavallud topgan. 1961 yilda o‘rta aktabni tugatdi. Shu yili FDPIning matematika  fakultetiga  o‘qishga kirdi. 1966 yilda institutni tamomlab, yo‘llanma bilan O‘zbekiston tumanining 8 - o‘rta maktabida  chizmachilik fani o‘qituvchisi  bo‘lib ishladi. 1967 yilda FDPI  matematik analiz kafedrasiga  ishga taklif qilindi. 1968 - 1971 yillarda  differentsial tenglamalar sohasi  bo‘yicha  aspiranturada o‘qidi. Professor J. X. Karimov va G. I. Chandirovlar  rahbarligida ilmiy izlanish olib borib, 1984 yilda “To‘rtinchi tartibli chiziqsiz  xususiy  hosilali va yuqori tartibli aralash hosilali  parametrga bog‘liq bo‘lgan tenglamalarning  bir sinfi uchun aralash  masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi va fizika- matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1985 yilda dotsent ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
  K. Shabadikov 1975 - 1980 yillarda matematika fakultetining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 1981 - 1985 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 1985 - 1986 yillarda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha tashkil qilingan “Quyosh energiyasidan foydalanish va uni hayotga tatbiq qilish” laboratoriyasi rahbari, 1987 - 1999 yillarda matematika fakulteti dekani, 1992 - 1994 yillarda respublika Test Markazi xodimi, 1994 - 1996 yillarda test texnologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish laboratoriyasi rahbari, 2002 - 2004 yillarda universitet ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, 2004 - 2010 yillarda differentsial tenglamalar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. Hozirgi kunda matematik analiz va differentsial tenglamalar kafedrasining dotsent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
  K. Shabadikov o‘z mehnat faoliyati davomida 47 ta ilmiy - uslubiy maqola, 6 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanma va “Chiziqsiz differentsial tenglamalar” mavzusi bo‘yicha monografiya (ingliz tilida T.Yuldashyev bilan hamkorlikda) tayyorladi. Uning mehnatlari 1983 yil “Xalk maorifi a’lochisi” nishoni va Faxriy yorliq, 1991 yilda “Mehnat faxriysi” medali bilan taqdirlangan. U universitetda xizmat ko‘rsatgan dotsent hamdir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5