Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy kuch - muallim, uning tafakkur doirasidir, degan edi donishmandlarimiz. Jumali Shabanov ana shunday tafakkur doirasi bilim salohiyati keng o‘kituvchilardan biridir. 1958 yil Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan Jumali aka yoshligidan til o‘rganishga, muallimlikka havas qo‘ydi. Ota - bobolari Gruziya Respublikasining Adigo‘n tumanida yashab o‘tgan. Jumali Shabanov millati turk bo‘lishiga qaramay, o‘zbek va rus tillarini ham o‘z ona tilidek bilardi. Otasi Kazim ota va onasi Manamsha opa kolxozda ishchi bo‘lsalarda, bolalarining oliy ma’lumotli bo‘lishlarini orzu qilib, doim ularda ilmga havas uyg‘otishga harakat qilishardi. Bukun farzandlari: Abamuslim, Abdujalil, Fadli, Gulbahor, Zuhralar barchasi el xizmatida. Ju-mali maktabda har bir o‘qituvchining darsiga alohida tayyorlanib borar, qatorlashtirib “besh” baho olib kaytmasa, ko‘ngli joyiga tushmasdi. Orzu - istagi Jumali akani Toshkent davlat rus tili va adabiyoti pedagogika institutiga yetakladi. Talaba bo‘ldi. Institutda ham faqat yaxshi baholarga o‘qishga harakat qildi. Jumali Shabanov bilimlarini yanada oshirish maqsadida ikkinchi mutaxassislikka xujjatlarini topshirdi. Toshkent davlat Sharkshuposlik instituti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, sharqshunoslik sharqshunoschi iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo‘lgan qahramonimiz ilmiy izlanishlari o‘laroq, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Rus tili va adabiyoti pedagogika institutida tarbiya ishlari bo‘yicha kabinet mudiri, yoshlar ko‘mitasi kotibi, o‘qituvchi, dekan, iqtisodiyot, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Protokol xizmati tarjimoni kabi bir qancha mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritdi.
Ayni paytda Toshksnt davlat sharqshunoslik institut Ma’naviyat va ma’rifat ishlari va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritmoqda. Turli xislatga, turli salohiyatga ega talabalar bilan til topish Jumali akaga unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yillar davomida o‘qib - o‘rgangani, izlanishlari doimo yoshlar bilan murosa qilishida qo‘l keladi. Ayniqsa, kitob o‘qish, kitob tanlash borasida juda ko‘pchilik ustozdan maslahat so‘raydi. Nafaqat rus va o‘zbek adiblari, boshqa millat adabiyotidan ham yaxshi xabardor. U yaxshi tarjimon. Turk adiblari Nozim Xikmat, Oshiq Veysal, Oshiq Bayoniy va Oshiq Murod Chubon O‘g‘illarining bir qancha asarlarini o‘zbekchaga tarjima qildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uchta kitobini turk tiliga ag‘darg‘an. Yaqindagina o‘zbek shoiri Ikrom Otamurodning bir qancha she’rlari uning tarjimasida Turkiyadag‘i “Gunjel San’at” jurnalida bosilib chiqdi. Adabiyotni, kitobni sevgan kishi iktisod va tarixga ko‘ngil qo‘ysa, barchasi omuxtalashib, katta bir bilim xazinasini tashkil qilishi sir emas. Qahramoiimizning mintaqashunos - iqtisodchi bo‘lishiga ham ana shu kitoblaridan olgan bilimlari asqotgan. Ayni paytda adabiyotni jonidan ortiq sevadigan Jumali aka tajribali iqtisodchi ham. “Bir yigitga 40 hunar oz”, dsgani shu bo‘lsa kerak. Olimning sohag‘a oid kator manografiyalari, risolalari, darslik va ilmiy ishlanmalari nashr etilgan. Uning ilmiy anjumanlardagi maruzalari ham talabalar uchun zarur qo‘llanmadir. Jumali Kozimovich magistrantlarining ilmiy ishlariga jonkuyarlik bilan rahbarlik qiladi. U tez - tez Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘istonda mehmon bo‘ladi. Qarindosh - urug‘lari davrasida ota - bobolarini yod etishadi. O‘zbekistonda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida to‘lib - toshib gapirib beradi. Jumali akaning turmush o‘rtog‘i Dilbar opa uy bekasi. Ilm ortidan ketgan turmush o‘rtog‘ini qo‘llab - quvvatlashga harakat qiladi. O‘g‘li Ummat Toshkent shahar “Perspektiva story” kurilish firmasi ish yurituvchisi, qizi Sevinch O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘kituvchisi, Sadaf - Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti magistranti. Ayni paytda bu oilada voyaga yetayotgan farzandlar til o‘rganish, kitob mutolaasi bilan ham jiddiy shug‘ullanishadi. O‘qigan kitoblarp xaqida oila davrasida suhbatlashishadi. Yurt rivojiga hissa ko‘shayotgan Shabanovlar oilasi kabi namunali oilalar bugun faxrimizga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.