Shahobiddinova Shohida 1969 yilning 16 fevralida Andijon shaxrida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ziyrak, sinchkov va jur’atli bo‘lib o‘sdi. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Andijon Davlat universitetining tarix - filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Talabalik davridayoq o‘zining ilmiy iqtidorini namoyish etdi. Institutni o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bilan imtiyozli tamomlagan. Ko‘p o‘tmay u Buxoro Davlat universiteti kunduzgi aspiranturasida tahsil ola boshladi. 1993 yilda “Grammatik kategoriya talqini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Aspiranturada o‘qib yurgan kezlarida yosh olima falsafiy qonuniyatlarning tilshunoslikda amal kilishini o‘rgana boshlagan edi. Til sathlari, xususan, grammatik kategoriyalar orasidagi o‘zaro munosabatlarning uyg‘unligida ham falsafiy butunlikning mavjudligi unda qiziqish uyg‘otdi.
Mustaqillik sharofati tufayli imkoniyatlar eshigi keng ochildi. O‘zbekistonning jahonga yuz tutgani, ilm - fan va madaniyat rivojiga jiddiy e’tibor berilayotgani sababli bugun viloyatda turib ham mamlakat miqyosida yoki umuminsoniylik doirasidagi muammolar ustida izlanishlar olib borish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu bois ham Shohida Shahobiddinova tilshunoslikning o‘ziga xos yo‘nalishlarida ilmiy faoliyat olib borib, 32 yoshida fan doktori ilmiy darajasini olishga erishdi. U o‘zining “Umumiylik va xususiylik dialektikasi hamda uning o‘zbek tili morfologiyasida aks etipsh” mavzusidagi doktorlik dissergatsiyasida hozirgi o‘zbek adabiy tili asosida morfologiya doirasidagi falsafiy masalalarni yoritishgaa harakat qildi.
Oila, farzaid tarbiyasi, muallimlik mashaaqqatlari, tashkiliy va rahbarlik ishining mas’uliyati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh olima o‘z yo‘nalishi, o‘z uslubiga egadir. Sh.Shahobiddinova hozirda Andijon Davlat tillar pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiridir.