O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shamsiddinova Gulchehra

    Maktabni bitirib  , bir yil  qishloq  bog‘chasida  tarbiyachi  bo‘lib  ishlagan  Gulchehra  Shamsiddinova  Toshkent Davlat  universitetining  biologiya – tuproqshunoslik fakulteti  talabasi bo‘ldi.  Qishloq qizining  fikru yodi o‘qish,  o‘rganish, izlanish edi. Ustozlarining ma’ruzalarini jon qulog‘i bilan tinglar, saboqlarini astoydil o‘rganar edi. Dorilfununni imtiyozli diplom bilan tugatgan Gulchehra Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti Navoiy filialida ish boshlaganiga ham 24 yil bo‘libdi. Chorak asr mobaynida Shamsiddinova   Gulchehra boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti o‘qituvchiligidan biologiya fanlari nomzodi, dotsent, "Tabiatshunoslik" fakulteti dekani, «Antigue Worlgapo» ilmiy akademiyasining doktorligigacha bo‘lgan mashaqqatli, sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. O‘qishdan, izlanishdan bir zum to‘xtamadi. Kundan-kunga ilm-fan rivojlanib borayotgan bir davrda o‘qituvchi bo‘lish oson emas. Bugungi kun rivojidan orqada qolgan, o‘quvchisiga yangilik bera olmaydigan muallimni hech kim tinglamaydi. Gulchehra Do‘stmurodovna buni yaxshi biladi. Shuning uchun ham 1983- yildan boshlab Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituta Navoiy filialida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan lavozimlarida ishlab kelmokda. 1996-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1998- yildan boshlab, instituta "Tibbiy bilim asoslari" kafedrasiga mudirlik qildi. Ish faoliyati davomida o‘zini yuksak malakali mutaxassis, bilimdon murabbiy va fidoyi rahbar sifatida ko‘rsatdi. Qobiliyatli olima 30 dan ortiq ilmiy, 10 dan ortiq uslubiy maqolalar muallifi- dir. 2001- yil avgust oyidan boshlab institutda yangi ochil- gan "Tabiatshunoslik" fakultetiga rahbarlik qilmoqda. U fakultet dekani sifatida kafedralar modtsiy texnika bazasini mustahkamlash, talabalarning mustaqil adabiyotlar bilan ishlashini tashkil qilish bo‘yicha kafedralar kutub- xonalarini darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv dasturla- ri, ma’ruza matnlari bilan boyitishga o‘z hissasini qo‘shmoq- da. O‘z ustida tinimsiz ishlash bilan birga Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarini chuqur o‘rganib boradi va uni fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida targ‘ib qiladi. Shamsiddinova Gulchehra dekanlik faoliyati davrida fakultetda o‘quv-ilmiy, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, talabalarning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va mehnat intizomi yuqori o‘ringa chiqtsi. Shu davrda uch nafar o‘qituvchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, joriy o‘quv yilida 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya arafasida turibdi. Uch nafar o‘qituvchi aspirantura- da, bir nafari esa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yosh olimlarning malaka oshirish va tajriba almashish o‘n oylik kursida tahsil olmoqtsa. Shamsiddinova Gulchehra ishbilarmon rahbar sifatida homiy tashkilotlar hisobiga fakultet binosini ta’mirlash, kafedralarni o‘quv adabiyotlari bilan boyitish, dekanatni kompyu¬ter texnikasi bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirdi. Fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar 2000-yil, 2001-yil, 2002-yil, 2004-yil yillarda biologiya va geografiya fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasi g‘olibi, uch nafar talaba esa Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Shamsiddinova Gulchehra rahbarligida fakultet talabasi Muhamedova Nazokat 2006-yil Zulfiya nomidagi Davlat muko- fotiga sazovor bo‘ldi. Shamsiddinova  Gulchehra institutda va viloyatda o‘zining tashkilotchiligi va faolligi bilan tanilgan. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining rayosat a’zosi, viloyat "Olima ayol" uyush- masining raisi sifatida talabalar, tumanlardagi mahalla ayollari o‘rtasida milliy urf-odatlar, an’analarni keng tar- g‘ib qilish, milliy ong va g‘ururni shakllantirish bilan bog‘liq rang-barang tadbirlarni o‘tkazishda uning bu xislatlari namoyon bo‘lmoqda. Jamoada, professor-o‘qituvchilar va talabalar orasida katta hurmat qozongan. U yoshlarga g‘amxo‘r va talabchan. O‘zining pedagogik faoliyati bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ish¬larini ham davom ettirib, yaqin kelajakdagi rejasi — fan doktorligi dissertatsiyasini himoya qilish va fanning rivoji, ma’naviyatning ravnaqi uchun xizmat qilishdir. Gulchehraning turmush o‘rtog‘i Zarifjon Boboqulov Navoiy qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi. Ahil oilada Feruza va Gulnoza ismli qizlar voyaga yetmoqtda.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar30



Filologiya20