Navoiy davlat pedagogika institutida kariyb 35 yildan buyon xizmat kilib kelayotgan Gulchehra Do‘stmurodovna ikki bora - 1988 va 2006 yillarda “O‘zbekiston Respublikasi xalk ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
U 1959 yilda Samarkand viloyatining Paxtachi tumanida tug‘ilgan, umumta’lim maktabini bitirgach, 1976 - 1977 yillarda maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilik qilgan.
Oliy ma’lumot olishni niyat kilgan Gulchehra 1977 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti)ning biologiya fakultetiga o‘kishga kirgan. U 1983 yilda universitetni imtiyozli bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filialida ish boshladi.
Gulchehra Shamsidinovaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha olgan chuqur bilimini yoshlarga innovatsion metodlar asosida singdirib, ijobiy natijalarga erishayotgani jamoa hurmatiga musharraf etdi.
U 1990 - 1998 yillarda institut katta o‘kituvchisi, 1998 - 2001 yillarda institutning “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi mudiri, 2001 - 2011 yillarda mazkur institut tabiatshunoslik fakulteti dekani, 2011 - 2013 yillarda “Kimyo va ekologiya” kafedrasi bo‘limi mudiri, 2013 - 2014 yillarda pedagogika fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritdi, 2014 yildan beri esa “Biologiya o‘kitish metodikasi” kafedrasining dotsentidir.
Gulchexra Do‘stmurodovnaning o‘kituvchilik va rahbarlik salohiyati doimo jamoa va xalk e’tirofidadir.
Uning sa’y - harakatlari samarasida o‘quv laboratoriya xonalarida o‘kuv jixozlari asbob - uskunalaridan dastur asosida amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali tajriba namoyishlarini yukori darajada o‘tkazib bordi, institutda zamonaviy axborot texnologiyalarning negizida bilim berishga salmokli ulush ko‘shdi. “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining doktori sifatida G.Shamsidinova yosh avlodni ma’naviy va axlokiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy - tarixiy an’analariga, urf - odatlari hamda umumbashariy kadriyatlarga asoslangan vositalaridan unumli foydalanib, yuksak ma’naviyatli, go‘zal xulqli vorislar tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatmokda.
U iqtidorli olima sifatida 150 dan ortik ilmiy 30 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar yaratgan.
Gulchehra Shamsidinovaning 2008 yilda “Kimyoviy ekologiya”, 2009 yilda “Gidroekologiya” kitoblari “Voris” va “Lider Press” nashriyotlarida, 2011 yilda “Molekulyar biologiya va genetikaga oid masalalar to‘plami” “Yangi asr avlodi” nashriyotlarida chop etilib, amaliyotga tatbiq etildi. Shuningdek, olimaning 2011 yilda “Kimyoviy ekologiya” o‘kuv ko‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Iilning eng yaxshi o‘kuv adabiyotlari” tanlovida rag‘batlantiruvchi o‘rinni egallab, vazirlikning faxriy yorlig‘i, 2012 yilda “Gidroekologiya” qo‘llanmasi respublika miqyosidagi tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritib, “Iste’dod” jamg‘armasining 3 - darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Gulchehra Do‘stmurodovna shogirdlaridan bir nafari fan doktori, 16 nafari fan nomzodi darajasi sohiblaridir.
Gulchehra Shamsidinova istiqbolning yorug‘ orzusi bilan yashaydi. Shogirdlariga xorij tillarini o‘rganish ularni jahonga olib chiqish vositasi ekanligini uqtirgan holda, o‘zi ham ilmiy tadqikot ishlarini olib borish barobarida rus, kozok, nemis, ingliz tillarini mukammal egallab oldi.
Gulchehraxon oilaviy burchlarini ham o‘z vaktida ado etib, turmush o‘rtog‘i Bobokulov Zarif Ochilovich bilan ikki farzandni tarbiyalab, el xizmatiga yo‘lladilar.