O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shamsiyev Furqat Muhiddinovich

Shamsiyev FurqatTibbiyot fanlari doktori, professor

    Qaxramonimiz Furqat Muhiddinovich Shamsiyev 1956 yil 2 iyunda Samarqand viloyati Narpay tumanida dunyoga keldi. Otasi Muhitdin Shamsiyevich viloyat tumanlarida prokuror bo‘lib ishlar, yaxshi - yomon odamlarni ko‘raverib, farzandlarini ham “yetti o‘lchab, bir kesishlarini” talab qilardi.
    Onasi Zinnatxon opa esa 7 o‘g‘li va 1 qizining tarbiyasini hamma yumushdan yuqori qo‘ygan ayol edi. Shukrki, o‘shanga yarasha farzandlari: Azamat Shamsiyev (SamTI rektori, t.f.d., professor), Bahodir va Shavkatlar (Samarqand sh. Qishloq - xo‘jalik ishlari bo‘yicha mutaxassis), Shuxrat, Zafar, Fazliddinlar (Samarqand viloyatida yurist), Mavjuda (o‘qituvchi) lar ham el - yurtga foydasi tegadigan insonlar bo‘lishdi... Furoat Shamsiyev 1980 yili Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetini bitirib, internaturani Samarqand shahri 1 - sonli bolalar kasalxonasida o‘tadi. 1981 - 1985 yil shu kasalxonada oldin shifokor - ordinator, so‘ng bosh shifokor bo‘lib faoliyat yuritdi. Tibbiyotda o‘rganishdan to‘xtagan odam yutqazadi. Furqat Shamsiyev ustozlarining bu o‘gitini doim yodida tutdi. Izlanishdan charchamadi. Xasta bolalarning dardini yengillatish uchun imkon qidirdi. “Gippokrat kasalini har bir shifokor bemor dardini yengillatish uchun bor bilimini yuzaga chiqarishi zarur!” Bu shior unga doimo yo‘lchi yulduz bo‘ldi! U 1985 yili Rossiya Federatsiyasining Tibbiyot akademiyasi qoshidagi pe¬diatriya ilmiy - tekshirish intsitutining maqsadli aspiranturasiga o‘qishga kirdi. 1988 yilda “Turli fenotipik ko‘rinishdagi bolalarda respirator infektsiyasining kechish xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1988 - 1991 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Onalar va bolalarni muhofaza qilish” bo‘limida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishladi. 1991 yildan buyon Respublikada ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy - amaliy tibbiyot Markazida pulmonologiya bo‘limining rahbari bo‘lib ishlab kelmoqda. Olim 2002 yili “Qaytalanuvchi o‘tkir respirator infektsiyalarga bolalarning moyillik faktorlarini kompleks baholash va profilaktikasini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi...
    2003 yili O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida bosh bolalar pulmonologi lavozimiga tayinlandi. 2008 yilda F. Shamsiyevga professor unvoni berildi. Bukun zakovatli olim 600 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi: 380 tasi mahalliy jurnallarda, 70 tasini xorijda, 25 ta xorijiy maqolalar, 28 ta metodik qo‘llanmalar, 46 ta axborot xatlari, 2ta - monografiya, 7 ta ixtiro va 5 ta EHM programmalari. Professor rahbarligi va maslahatlari bilan 12 ta fan nomzodligi va 1ta doktorlik dissertatsiyalari bajarilgan; 5ta doktorlik dissertatsiyalar himoya qilish bosqichida bo‘lsa, 2ta aspirant va 4 ta magistrlarga ham ilmiy rahbardir. Shuningdek, olim boshchiligida 5ta amaliy grantning bajarilishi ham katta voqeadir. Ayni paytda Furqat Shamsiyev “Bolalarda cho‘ziluvchan zotiljamning davolash va profilaktikasi uchun differentsial usulni ishlab chiqish (klinik - eksperimental gadtsitsot) “ davlat ilmiy - texnik loyihasiga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, viloyatlar tibbiy muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollar va qo‘llanmalar bilan ishlash bo‘yicha monitoringlar olib borilmoqdaki, bu ishlar bolalarning kasallanishi va o‘limi oldini olishga, ularning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari, Furqat Muhitdinovich Xalqaro va respublika s’ezdlari va konferentsiyalarining ham faol ishtirokchisidir.
    Furqat aka oilada ham ishonchli ustun, desak yanglishmaymiz. Umr yo‘ldoshi Turdixon Abdullayeva (Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kardiologi, professor, marhum) bilan farzandlari: Go‘zal (Respublika “Ipoteka” bankida yurist), Laziz (menedjer), Oybek (“Grant Vayaj” x/f. direktor), Shahlo (iqtisodchi)larni tarbiyalab, el koriga kamarbasta qildilar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5