O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shamsiyeva Baxtiya Orifovna

Shamsiyeva Baxtiya Orifovna    Shamsiyeva Baxtiya Orifovna 1948 yil 6 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1955 — 1966 yillar davomida 150 - maktabda o‘rta ta’limni olgan. 1966 — 1971 yillarda esa ToshDUning (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) roman - german filologiyasi fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. 1971 — 1973 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinomatografiya qo‘mitasida muharrir - tarjimon sifatida faoliyat olib boradi. 1973 yilda Toshkent Davlat Madaniyat institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi hamda Chet tillar kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlaydi.
  1992 yildan shu kunga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon tillari kafedrasi mudiridir.
  Baxtiya Orifovna 1994 yilda “Xorij adabiyotshunosligida o‘zbek folklor masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi  va shu yili AQShning Missisini universitetida tajriba almashib, sertifikat olib qaytadi. 1995 yilda jahon tillari kafedrasi dotsenti nomini olishga musharraf bo‘ladi.
  Tinib - tinchimaslik, jonfidolik, izlanuvchanlik Baxtiya Shamsiyevaning qon - qoniga singib ketgan desak, xato qilmaymiz. Talabalar davrasidagi qiziqarli suhbatlar, bahs - munozaralar, ilmiy izlanishu jamoatchilik ishlari, oila, kelin - kevat... bari - bariga ulgurgan, uddalagan bu o‘zbek ayoliga tasannolar aytging, Siz singarilar ko‘paysin, deging keladi. Jahonning turli davlatlarida — AQSh va Buyuk Britaniyada, Qoreya, Yanoniyada, Avstraliya, Germaniya, Hindiston hamda Pokistonda til o‘rgatib, ish o‘rganib qaytgan bu ayol yana o‘zbek tilining fidoyisi, elimizning fidoyisi. Qayda bo‘lmasin o‘zbekning sha’nini boshda do‘ppini ko‘z - ko‘z qilib emas, ko‘zdagi sharmu hayosi, latif zaboni, kamtar kamsuqumligi bilan baland ko‘tarib kelmoqda.
  U o‘ttizdan ortiq ilmiy - ommabop maqolalar muallifi bo‘lib, ularda adabiyot, madaniyat, ingliz tilidan saboq berish kabi qator muammolar muhokama qilinadi.
  To‘rtta metodik o‘quv qo‘llanmasi, ikki o‘quv qo‘llanmasi, o‘zbek - ingliz so‘zlashuv lug‘ati muallifi hamdir.
  1999 yilda Shimoliy Koreya davlatining taklifiga binoan Seul shahrida O‘zbekiston bo‘yicha instruktor sifatida ish olib borgan. Yurtimiz haqida ma’ruzalar o‘qib, o‘zbek va rus tillaridan saboq bergan. 2001 yil esa Yaponiyaning Veseda universitetida O‘zbekiston haqida ma’ruza o‘qiydi. Ilmiy izlanishlar uchun yapon fondining grantini olishga muvaffaq bo‘ladi.
  U Buyuk Britaniya va Germaniya Xalqaro ayollar jamiyati a’zosidir.
  Davlatimizga malakali mutaxassislar yetkazib berishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mukofotlarini olgan.
  B. Shamsiyeva baxtli oila bekasi, uch farzand, ikki kelin, shirin - shakar nabiralar qurshovida yayramoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80