Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
1953 yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 1970 yili xorijiy tili chuqur o‘rganish maqsadida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining chet tili fakultetiga o‘qishga kirdi va uni muvaffaqiyatli bitirdi. Farg‘ona davlat pedagogika institutining chet tillar fakultetida o‘z mehnat faoliyatining dastlabki qadaml tashlagan Oftobxon shamsuddinova ,avvalo, talabalarga chuqur bili bera olish saviyasiga erishish ustida ishladi.
1991 yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan bu mohir pedagog Farg‘onadagi II Toshkent davlat tibbiyot institutining filiali-sanitariya fakultetida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rektor muovini lavozimida samarali mehnat qildi. Uzoq yillar Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi litsey – internet direktori lavozimida ham mehnat qilgan.
Olimaning 30 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqolalari e’lon qilingan.