Fizika - matematika fanlari nomzodi dotsent
1914 yilda Tver shahrida tug‘ilgan. 1932 - 1938 yillari Voronej davlat universitetining fizika yo‘nalishini tamomlagan va shu yerda katta laborant vazifasida ish faoliyatini boshlagan.
1941 yili oilasi bilan Toshkent shahriga evakuatsiya qilingan. Moskva tibbiyot institutining Farg‘onaga ko‘chirib kelingan filialida ishlagan. 1943 yildan Farg‘ona pedagogika institutining fizika kafedrasida mehnat qila boshladi.
T. I. Shapalova fizika kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 1959 yili Leningrad davlat pedagogika institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1964 yili dotsent ilmiy unvonini oldi. 1972 yildan 1987 yilgacha Farg‘ona davlat pedagogika instituti nazariy mehanika kafedrsida dotsent vazifasida ishlagan. 1987 yili nafaqaga chiqqan. T. I. Shapalova 80 dan ortiq ilmiy maqolalar va ko‘plab monografiyalar muallifidir.