O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sharapov Asqarali

Afuzov Asan YaxyayevichFilologiya  fanlari nomzodi, dotsent

      1939 yilda Farg‘ona tumani Shohimardon  qishlog‘ida tug‘ilgan. 1962 yilda  Samarqand  davlat universitetining o‘zbek tili  va  adabiyoti  fakultetini muvaffaqiyatli  tamomlab, bir  yil  Oltariq  tuman  xalq maorifi  bo‘limida  ish  yurituvchi bo‘lib ishladi. Universitetida ustozlari  V.Abdullaev, B.Valixo‘jaev, N. Shukurov , S.Mirzaev kabi  taniqli  adabiyotshunoslardan  saboq  olib, ilmiy ish  qilish niyatida 1963 yilning  1 sentyabridan  Farg‘ona pedagogika institutining  o‘zbek adabiyoti kafedrasiga  o‘qituvchi bo‘lib ishga  kirdi. 1967 - 1970 yillarda SamDU aspiranturasida  o‘qib, 1971 yilda “O‘zbek  poeziyasida majoziy  obrazlar” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini yoqlagach, Farg‘ona institutiga  qaytib, katta  o‘qituvchi, dotsent lavozimida  faoliyatini  dovom  ettirdi.
    1978 yildan umrining  oxirigacha Toshkentda  G‘.G‘ulom nomidagi  adabiyot va  san’at  nashriyotida muharrir  bo‘lib ishlagan. Olimning “ Olamlar ichra olamlar”  , “Yulduzli osmon”    kitoblari  bosilib chiqdi. Bundan tashqari , A. Sharapov nashriyot tomonidan  1984 - 1988 yillarda uzluksiz nashr etilgan. “Adabiyot va zamon”, “Adabiyot va  san’at” to‘plamlarining to‘plovchisi va muharriri  sifatida  tashabbus ko‘rsatdi. U fikri  tiniq va bilimdon  adabiyotshunos  edi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80