O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sharifxo‘jayeva Xushnida Sharifovna

Sharifxo‘jayeva Xushnida Sharifovna    1948 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U 1956 yilda Toshkentdagi 65 - maktabga o‘qishga kirib, uni 1966 yilda oltin medal bilan tamomladi.  Shu  yili  Moskva  Texnologiya  institutiga o‘qishga kirdi.
  1971 yilda mazkur institutni “Polimer material texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha bitirib, O‘zFA Kimyo institutiga ishga yo‘llanma oldi. 1973 - 1976 yillar davomida aspiranturada o‘qidi. 1979 yilda esa “Gaz va yoqilg‘i texniologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  1988 yildai Toshkent Avtomobil - yo‘llar institutining “Metallar texnologiyasi” kafedrasida avval katta o‘qituvchi, keyin dotsent bo‘lib ishladi. 1994 — 2001 yillar davomida bir vaqtning o‘zida institut ilmiy kengashining ilmiy kotibi va aspirantura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi. 2002 - 2004 yillarda “Fundamental ta’lim” fakultetida dekan muovini lavozimida faoliyat yuritdi.
  Xushnuda Sharifovna 1993 yildan hozirgi kungacha “Materialshunoslik” kafedrasida dotsent lavozimida hamda institut xotin - qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajarmoqda.
  Uning 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlari xalqaro, respublika va TAYI ilmiy nashrlarida chop etildi. U o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan MDH davlatlari hamda respublikada o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarning faol ishtirokchisidir.
  Xushnuda Sharifxo‘jayeva o‘z ustida ishlashi, bilim darajasini oshirishga talabchanlik bilan yondashishi orqali mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli o‘tkazishga, talabalarning o‘z fanini chuqurroq o‘rganishiga erishib kelmoqda. U bilimga chanqoq, mehribon va har qanday holatda ham talabalarga yordam berishga tayyor o‘qituvchilardan sanaladi. Institut hayotida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashadi, jamoa a’zolari o‘rtasida mehnatsevarligi va kamtarligi bilan hurmatga sazovor inson.
  Turmush o‘rtog‘i Nusratilla Abdullayev kimyogar, kimyo fanlari nomzodi. Ular uch farzandni o‘stirib, voyaga yetkazdilar. Ularning barchasi oliy ma’lumotli. Xushnuda opa to‘rt nafar nabiraning suyukli buvijonisi hamdir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5