O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sharipov Botirali

Sharipov Botirali     Botirali Sharipov 1955 yil 5 mart kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi Karkidon qishlog‘ida  xizmatchi oilasida  tug‘ilgan.
    1961 - 1971 yillarda  Karkidon  qishlog‘idagi 19 - o‘rta maktabda  o‘qigan. 1971 - 1973 yillarda  harbiy  xizmatni o‘tagan.    
    1973 - 1975 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi  institutida  tahsil olgan. Ikkinchi bosqichni a’lo baholar bilan tugatgach, institut rahbariyati tavsiyasiga binoan 1975 - 1978 yillari V.G.Plexanov nomidagi Moskva xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi Plexanov nomidagi akademiya) tahsil olgan va uni 1978 yilda “Savdoda buxgalteriya hisobi, nazorat va taftish” ixtisosligi bo‘yicha tugatgan.
    1978 - 1979 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi in stitutida, 1979 - 1982 yillarda Farg‘ona politexnika institutida assistent lavozimida ishlagan.
    1982 - 1983 yillarda N.A.Voznesenskiy nomidagi Leningrad moliya - iqtisod institutida stajyor - tadqiqotchi bo‘lgan.
    1984 - 1987 yillarda M.V. Lomonosov nomidagi Mos- kva davlat universiteti aspiranturasida (professor V.V.Pankov rahbarligida) tahsil olgan va 1987 yili “Ta’minotchi tashkilotlarda EHM qo‘llash orqali to- varlar harakati hisobini yuritish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi, 1994 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.
    1987 - 1989 yillarda Farg‘ona politexnika instituti assistenti va iqtisod fakulteti dekani muovini sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
    1989 - 1991 yillarda “Namanganirstroy” trestida iqtisodiy masalalar bo‘yicha boshqaruvchi muovini la- vozimida ishlagan.
    1991 - 1999 yillari Namangan muhandislik - pedagogika institutida iqtisodiyotni boshqarish kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
    1999 yildan buyon Namangan muhandislik - iqtiso diyot instituti moliya fakulteti dekani va buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri bo‘lib ishlamoqda. Shu bilan birga B. R. Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasining (BAA) kengash a’zosi va Namangan viloyat bo‘limi tsrezidentidir.
    Olimning shu kungacha 40 dan ziyod ilmiy va 30 dan ziyod uslubiy ishlari chop etilgan. U “Buxgalteriyani mustaqil o‘rganish”, “Audit” va “Buxgalteriya hisobi tarixi” o‘quv qo‘llanmalarining muallifidir. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5