O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sharipova Nodira

    Inson salomatligi uchun jon kuydirish - bu olimaga kelgan dastlabki kundan boshladi. Zotan, go‘dakning kelgusidan sog‘lom, baquvvat, benuqson kamol topishi ana shu yorug‘likka chiqqan dastlabki kuni ko‘zdan kechirilib, qo‘yilgan tashxisga bevosita bog‘liqligi bor. Shuning uchun bolani jahon chamanidagi gulga qiyos qilishsa, bolalar shifokorini shu gulning mehribon bog‘boniga o‘hshatiladi.Nodira Jo‘raevna Sharipova ana shunday mas’uliyatli kasb sohibasi, bolalar shifokori.Samarqand Davlat tibbiyot institutining bolalar shifokori sohasi bo‘yicha mutahassis tayyorlovchi fakultetini 1972-yilda Muvaffaqiyat bilan bitirib, Buxoroga qaytgan Sharipova Nodira dastlab uchastka hakimi, 1973-1978 yillarda esa, shahar bosh pediatri, 1978-1986 yillarda To‘qimachilik tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi.Uning bolalar sog‘ligi uchun fidokorligi ayniqsa, viloyat bosh pediatri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan yillarida (1986-1995) yorqin namoyon bo‘ldi. "Avlodi sog‘lom bo‘lgan yurtning kelajagi nurafshon bo‘ladi" degan shifokorga amal qilish Sharipova Nodiraning qalbi amriyaga aylandi. Viloyatda bolalar o‘limi 25 foizga kamaydi. O‘z tajribalariga tayanib, ustozlar yo‘l-yurig‘idan ta’lim olgan Nodira opa 1981 yilda Moskvada "Bolalar o‘limi strukturasida tibbiy biologik va ijtimoiy faktorlar" mavzuida dissertatsiya yoqladi. Yigirmaga yaqin ilmiy maqola muallifi.Olimaning Qozon, Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida, AQShning Konektikut universitetida olgan bilimlari tibbiyot rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ancha qo‘l kelmoqda.Ayni paytda bu mahoratli shifokor ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar50



Filologiya20