O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sharipova Nodira Jo‘rayevna

Sharipova Nodira Jo‘rayevna    Ko‘zingizga issiq ko‘rinayotgan bu ayol Buxoro Davlat Tibbiyot instituti Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash kafedrasi mudiri, professor Nodira Jo‘rayevna Sharipovadir. U 1946 yil 26 noyabrda Buxoro shahrida tug‘ildi. 1972 yilda Samarqand Davla Tibbiyot institutining pediatriya fakultetini tugatdi. O‘z ish faoliyatini daha vrachi sifatida Buxoro shahar 2 - poliklinikasida boshladi. 1973 - 1978 yillar Buxoro shahar bosh pediatri, 1978 — 1986 yillar To‘qimachilik tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari, 1986 yildan boshlab esa Buhoro viloyat bosh pediatri sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1995 yilda pedagogik kadrlar qatorini mustahkamlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot instituti Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash kafedrasining mudiri lavozimiga o‘tkazildi.
  1981 yilda Mosvadagi Tibbiyot fanlari Akademiyasi qoshidagi Pediatriya ilmiy - tekshirish institutida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2002 yilda esa Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutida “Ota - onalar kasalligi va oilaning ijtimoiy ahvoli — erta yoshdagi bolalarda o‘tkir respirator va diareya kasalliklari natijasida yuzaga keladigan shoshilinch holatlarning muhim negizidir” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U endi tibbiyot fanlari doktori bo‘ldi.
  Nodira Jo‘rayevna AQShning mashhur klinikalarida (Konnektikut — 1994, Nyu-York — 2000), Qirollik tibbiyot kollejida (London, 1998), Sankt - Peterburg Tibbiyot Akademiyasida (Leningrad shahri, 1990), Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutida (Toshkent, 1997, 1998) malakasini oshirdi. Olima Estoniya pediatrlari s’ezdida ilmiy axborotlar bilan (Tallin, 1985), Butunittifoq
  Vrachlar s’ezdida (Moskva, 1988), Pediatriyada tibbiy - ijtimoiy muammolar Butunittifoq konferentsiyalarida (Olmaota, 1980; Minsk, 1984; Sankt - Peterburg, 1991), Pediatrlarniig Xalqaro XXII Kongressida (Amsterdam, 1998), O‘zbekiston Pediatrlar s’ezdida ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdi (1982, 1996, 2(X)0).
  Yevropa (Gollandiya, Buyuk Britaniya, Vengriya), Osiyo (Xitoy, Qozog‘iston, Kirg‘iston, Ozarbayjon), Rossiya (Moskva, Sankt - Peterburg) nashrlari va respublikamizning qator ilmiy jurnallarida N. Sharipovaning 50 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
  Olima vrach Buxoro viloyat bolalar vrachlari assotsia - tsiyasining, terapevtik blok muammolar qo‘mitasiiing raisi, institut ilmiy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi umumiy amaliyot vrachlari byulleteni redkollegiyasi, “Salomat bo‘ling” NNT tibbiyot koalitsiyasi gazetasining a’zosi sifatida qator jamoat intlarini ham olib boradi.
  Professor Nodira Jo‘rayevna hozirgi kunda Buxoro Davlat Tibbiyot instituti Umumiy amaliyot vrachlari tayyorlash  kafedrasi mudiri sifatida har kuni, har soatini yosh mutaxassislarga foyda keltirish uchun sarflamoqda. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5