O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shavkatovna Nargiza Yo‘ldosheva

Shavkatovna  Nargiza Yo‘ldosheva    Shavkatovna  Nargiza Yo‘ldosheva 1962 - yil 3 - oktyabrda ziyolilar oilasida dunyoga keldi. 1979 yil Shayxontoxur tumanidagi 169-maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1979 — 1985 yillarda Toshkent Davlat meditsina institutining davolash fakulteti talabasi bo‘ldi. Talabalik yillari Leningrad va Kaunas shaharlaridagi davlatlararo talabalar olimpiadasida qatnashib faxrli 2- va 3- o‘rinlarga sazovor bo‘ldi. 1985 yil institutni imtiyozli diplom bilan tugatib Respublika Onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish institutiga klinik ordinaturaga o‘qishga keldi. 1985— 1987 yillar klinik ordinaturada o‘qib, 1987 — 1988 yillar shu institutda kichik ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1988—1991 yillar 2-TOSHMINING «ONKOLOGIYA» kafedrasida aspiranturada o‘qidi va 1991 yil barvaqt kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya kiladi. 1991 yildan shu kafedrada assistent va Respublika Onkologiya va radiologiya institutida o‘rindosh shifokor - onkoginekolog bo‘lib ishladi. 1996 yildai kafedra dotsenti lavozimida ishladi. 2002 yil doktorlik dissertatsiyasini himoya kildi. 2004 yildan kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda. 1992 yilda oliy toifali shifokor, 1995 yildai Rossiya onkoginekologlar assotsiatsiyasi a’zosi, 2004 yildan   ESMO (Yevrona onkologlari assotsiatsiyasi) a’zosi. Respublika Sog‘likni saqlash vazirligida shtatsiz Respublika bosh onkoginekologi. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, avtorlik davolari, metodik qo‘llanmalar egasi. Ilmiy monografiyasi chop etilish arafasida. Respublika va MDH miqyosidagi ilmiy konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan muntazam qat- nashadi.
    Biz yuqorida birma-bir sanab o‘tgan muvaffaqiyatlar uzoq izlanishlar, tunu kungi og‘ir mexnat samarasidir. Nargiza Yo‘ldosheva kat’iyati, tirishqoqligi tufayli oldida turgan barcha qiyinchiliklarni yenga oldi.
    Qaxramonimiz farzandlari kamolini xam nurli, yorqin ko‘rish istagida. Nargiza Yo‘ldosheva odamlarga baxt-saodat, sog‘lik va bag‘ributunlik ulashib yashashni istaydi.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar70



Filologiya10