“Kitob eng yaxshi do‘st , sirdosh kitob - bu tarix , xalqning kechmishi , tarjimai holi , kitob – oftob, uning nuri bilan qalblar munavvardir”, - deydilar.
Ana shu bebaho ne’matni axborot - kutubxona markazidan tez topib, foydalanuvchilarga takdim etishda bibliografning xizmati katta.
Zamira Katepovna Shaxobitdinova o‘z mehnat faoliyatini Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot - kutubxona markazida boshlagan.U o‘ttiz yildan ziyod vaktdan beri bibliograf, bosh bibliograf, hukukiy axborotlar bo‘limi, axborot - bibliografiya bo‘limlari mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha axborot - kutubxona markazi direktorining o‘rinbosari vazifalarida mehnat qilib kelmokda.
Yoshligidanok kitobga mexr ko‘ygan kahramonimiz 1961 yilda Andijon shaxrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Otasi Katepjon aka mohir jarroh, onasi Muyassarxon opa esa biologiya o‘kituvchisi bo‘lib, farzandlarining bilim olishlariga, tarbiyasiga e’tibor bilan karardilar. Otasi xakida Zamiraxon shunday eslaydi.
Ilk bora maktabga qullarim tutib, Otam olib borgan,ko‘zimda kuvonch. O‘shanda birinchi ustoz darso‘tib, Berdi menga savod degan ulug‘ ganj.
Zamiraxon maktabda a’lochi, faol, kichkiiagina kutubxonaning doimiy foydalanuvchisi edi.
U 1978 yilda o‘rta maktabni bitirib, madaniyat institutining kutubxonachilik ishi fakultetiga o‘kishga kirib, bibliografiya soxasi mutaxassisi bilimdoni bo‘ldi.
Talabalik yillarida xam u xar jabxada ilg‘or, tirishqoq edi.
Z.Shaxobitdinova viloyat axborot - kutubxona markazidagi faoliyati davomida malakali mutaxassis sifatida foydalanuvchilarga axborot - kutubxona xizmat ko‘rsatishda xodimlarga o‘z ish uslublarini o‘rgatib kelmokda, kator shogirdlarni tarbiyaladi.
“Bugungi kunda xam, - deydi axborot - kutubxona markazi direktori Gulnora Ismoilova, - bibliografiya yo‘nalishi bo‘yicha opaning oldiga tushadigan xodim yo‘k, biz opamiz bilan juda faxrlanamiz”.
Zamon shiddati, texnikaning yuksalishi aynan axborot - kutubxona markazi xizmatida ham namoyon bo‘lmokda.
Zamira Katepovna xam o‘z soxasida axborot texnologiyalar, innovotsiyalardan unumli foydalanib, jamg‘armaning elektron katalogini yaratishda ishtirok etdi, “IRBIS”, “KADATA” dasturlarida ishlash bo‘yicha boshka axborot - kutubxona muassasalari xodimlariga xam kerakli yo‘l - yo‘riqlarini ko‘rsatib kelmoqda.
U ziyo maskanida olib borayotgan amaliyoti bilan yuzlab - minglab kitobxonlar, yoshlar ongiga, yuragiga odamiylik, fidoyilik, vatanparvarlik fazilatlarini singdirib, jamiyatimiz tarakkiyotiga ulush ko‘shmokda.
Hamkasblaridan biri unga shunday baho beradi: “Zamira Katepovna nafakat yetuk ustoz, balki farzandlarining mexribon onasi, nabiralarining sevimli buvijonisi, turmush o‘rtog‘i Mukimjon aka bilan 30 yil xavasga arzigulik turmushi mobaynida uch farzandni tarbiyalaganlar, kaynota - kaynonasining duosini olgan, mahalla - ko‘y, ko‘ni - ko‘shni bilan inok, fakat yaxshilik kilishni o‘ylaydigan kamtarin inson”.
Ha, fazilatlari namuna bo‘lib, jamoada, elu yurtda, hurmat topgan Zamira Shaxobitdinovaning hayot yo‘li chindan ham mazmunli.
Baxt ko‘rg‘onining chechaklari Sevaraxon, Sayyoraxon,
Sarvarbeklar ham ota - onasi kabi o‘kimishli, malakali kasb egalari bo‘lib xalkka xizmat kilmokdalar.
Mustahkam oilasining nuri, jamiyatda e’zozli Zamiraxonga nufuzingiz yanada yuksalaversin, deymiz.