O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shermatov Malikjon Rahmatjonovich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1978 yil 19 iyulda Namangan viloyati Mingbuloq  tumanidagi Qorashahar  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1995 yilda tumandagi 37 - o‘rta maktabni bitirib, FDU tibbiyot  fakultetiga  o‘qishga  kirgan. 1999 yilda mazkur  fakultetni  “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” ixtisosligi bo‘yicha  imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1999 - 2000 yillarda zooologiya  kafedrasida shogird – tadqiqotchilik  asosida ilmiy – tadqiqod ishlarini  olib borgan. 2002 yilda  magistraturani  zoologiya mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli  diplom bilan  tamomlagan.
  Pedagogik faoliyatini 2002 yildan zoologiya va umumiy  biologiya kafedrasi o‘qituvchisi  lavozimidan  boshlagan. 2003 - 2006 yillar davomida zoologiya kafedrasida  entomologiya  yo‘nalishi bo‘yicha   aspiranturada tahsil olgan. Aspiranturani tamomlab, zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi  lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2007 - 2012 yillar davomida universitetning ilmiy va ilmiy - pedagogik  kadrlar  tayyorlash bo‘limi, ichki nazorat  va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida  faoliyat olib borgan.
  M. Shermatov 2010 yilda O‘zR  FA Zoologiya ilmiy tadqiqot institutida “Tut parvonasi ning   Farg‘ona vodiysida tarqalishi, biologiyasi va ekologik  xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilib, biologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy darajasini olgan. U respublika  va xorijiy  nashrlarda  o‘z  sohasiga oid  40 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar  e’lon qilgan, 3 ta o‘quv - uslubiy  qo‘llanma muallifi.
  Tizimdagi samarali faoliyati uchun 2013 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining Faxriy yorlig‘i  bilan mukofotlangan. 2014 yilda O‘zbekiston  Respublikasi “Kamolat” yoshlar  ijtimoiy harakati Markaziy kengashining “Eng namunali  ilm - fan targ‘ibotchisi” nominatsiyasi  bo‘yicha diplomi bilan taqdirlangan.
  2012 yildan tibbiyot - geografiya fakulteti zoologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat  ko‘rsatib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5