O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna

    O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna respublikamizning ko‘zga ko‘ringan olimalaridan.
    Niginaxon Shermuhamedova “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va “Falsafa va fan metodologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 10 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1 ta o‘quv - uslubiy majmua, ham mualliflikda 4 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti” tanlovida 5 ta darsligi sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.
    Olimaning ilmiy – tadkiqot yo‘nalishi: “Hozirgi zamon fanining epistemologik - metodologik muammolari”; “Falsafiy antropologiya” bo‘lib, u bu sohaga oid 200 ga yaqin ilmiy ishlarning muallifi. Jumladan, 1 ta monografiya, 25 ta chet el jurnallaridagi makolalar, 60 dan ortiq jurnal maqolalari, shuningdek, 83 ta respublika va xalqaro konferentsiyalardagi maqolalar, 3 ta risola nashr qilgan. 2006 yilda dunyoning 58 ta mamlakatidan 650 ta muallif ishtirok qilgan “Globalistika” xalqaro entsiklopedik lug‘atida (Moskva - Nyu York) 2 ta maqola nashr qilgan.
    Niginaxon Shermuxamedova 2003 yildan buyon jami 3 ta amaliy va asosiy ilmiy tadqiqot loyihalarining rahbari hamdir. Loyihalar doirasida jami 4 ta Xalqaro konferentsiyalarni tashkil qilgan. O‘ xalqaro miqyosda o‘tkazilgan xalqaro konferentsiya va kongresslarning muntazam ishtirokchisi.
    Niginaxon Shermuhamedova xalqaro maydonda jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok qilmoqda. Xususan, 2009 - 2012 yillarda Shvetsiyaning Sida jamg‘armasi ijtimoiy - gumanitar fanlar yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlari tanlovi bo‘yicha xalqaro ekspert kengashi a’zosi, 2011 yildan Qozog‘iston Respublikasining “Adam Elami (Mir cheloveka)” va 2015 yildan “Al – Farobi” xalqaro jurnalining; 2015 yildan Rossiyaning “Istoriya psixologii i sotsiologiya istorii” xalqaro jurnalining tahrir hay’ati a’zosi.
    Shermuhamedova Niginaxon Arslonova Rossiya falsafa jamiyati a’zosi, Rossiya falsafa jamiyati hay’ati a’zosi. 2012 va 2015 yillarda "Milliy va jahon falsafa fani rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya falsafa jamiyatining "Faxriy yorlig‘i" o‘quv va ilmiy aloqalarni tashkil qilishdagi ishtiroki uchun M.Auzev nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Tashakkurnomasi” bilan takdirlangan.
    Olima YuNYeSKO huzurida tashkil qilingan “Faylasuf ayollar” tarmog‘ining a’zosi, “Jahon falsafa jamiyatlari federatsiyasi” a’zosi (Italiya), 2013 yilda Shermuhamedova Niginaxon Arslonovnaning nomi YuNYeSKOning “Dunyoning mashhur faylasuf ayollari” entsiklopediyasiga kiritilgan. 2015 yildan Rossiyaning “Vestnik RFO” Xalqaro jurnalining tahrir kengashi a’zosi.
    2008 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazida “Pedagogika va ijtimoiy - gumanitar fanlar” yo‘nalishida xorijda olingan ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash bo‘yicha ekspert guruhi raisi, 2012 yildan Toshkent Davlat Islom universitetining “Ilmiy taxliliy axborot” jurnali tahrir hay’ati a’zosi, 2013 yildan O‘ZMO‘ va Toshkent Islom universiteti huzuridagi doktorlik dissertatsiyalari himoyalari bo‘yicha Ilmiy kengash a’zosi, Niginaxon Shermuhamedova mohir rahbar hamdir. O‘ning ilmiy rahbarligida jami 8 ta shogird falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 14 talaba magistr ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    Olima O‘zbekiston teleradiokompaniyasining ko‘pgina ko‘rsatuvlarida ma’naviy yuksalish, milliy g‘oya targ‘ibotiga oid mavzulardagi suhbatlarda muntazam ishtirok etadi. Samarali mehnatlari, pedagogika sohasidagi xizmatlari, ilm - fan yo‘nalishidagi yutuqlari, mahoratli tashkilotchiligi uchun “Mustaqiliknig 20 yilligi” ko‘krak nishoni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘I” bilan taqdirlangan.
    Niginaxon Shermuhamedova to‘g‘ri so‘zligi, adolat - parvarligi, samimiyligi, qattiqqo‘lligi va ayni paytda kasbdoshlariga, shogirdlarig‘a nisbatan mehribonligi bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor inson. Shogirdlariga va talabalarga jonkuyar ustoz. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan tajribali  rahbar.
    Oilali, 2 farzandning onasi, bitta nabiraning buvijonisi.  
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80