Pedagogika fanlari doktori
Baxodirjon Shermuhammadov 1973 yil 10 iyunda Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan.1990 yilda Rishton tumanidagi 2 - o‘rta umumtalim maktabini “ Oltin medal” bilan taomomlagach, otasi Shermuhammad Mirzaolimov hamda onasi O‘lmasxon Mirzaolimovalar singari fidoyi pedagog bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib, shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakultetiga o‘qishga kirgan. 1995 yilda mazkur universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
B. Shermuhammadov yoshlarda yuksak ma’naviyat, huquqiy, iqtisodiy, siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga, milliy g‘oyaga sodiq inson etib tarbiyalash hamda zamonaviy fan va texnologiyalarni chuqur egallagan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarini ta’minlashga qaratilgan ilmiy faoliyatda samarali natijalarga erishdi.
U 2006 yilda “Yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning pedagogik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2016 yilda esa pedagogika nazariyasi va tarixi, ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
B.Shermuhammadov yoshlar orasida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ijtimoiy - pedagogik xususiyatlarini ochib berish, milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirish mezonlari va ko‘rsatkichlarni aniqlashtirish hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, bu sohaning pedagogik monitoringini ishlab chiqish va amaliy - texnologik tizimini takomillashtirish sohasiga katta ilmiy hissa qo‘shdi.
Izlanish natijalari bo‘yicha uning 100 gayaqin ilmiy ishlari, jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 60 ta ilmiy maqolalar hamda 100 ga yaqin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. AQSh, Angliya, Frantsiya, Xitoy, Rossiya kabi xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida 10 dan ortiq maqolalari chop etilgan, xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyalarda 20 dan ziyod ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
Mehnat faoliyati davrida 1996 - 2002 yillar - Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar tashkiloti rahbari, 2002 - 2007 yillar - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligida bo‘lim boshlig‘i, 2007 - 2009 yillar - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2009 - 2011 yillar - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida xizmat qilgan. 2011 yil 25 mayidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining Ta’lim, ilm - fan va yoshlar siyosati masalalari axborot tahlil departamentida ishlab keldi. Hozirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
U jamoatchilik va ma’naviy - ma’rifiy sohadagi ishlarni tashkil etish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir 100 dan ortiq davlat va hukumat qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.