O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shirinova Inobat Anvarovna

    Shirinova Inobat Anvarovna 1957 yili Toshkent viloyati Sirdaryo tumani Oxunboboyev qishlog‘ida tug‘ilgan. Inobatxon 1974 yil o‘rta maktabni bitirganidan so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga o‘qishga kiradi. 1979 yili uni muvaffaqiyatli tamomlaydi.
    Inobat Shirinova o‘z ish faoliyatini 1979 yil Sirdaryo tumani Oxunboboyev jamoa xo‘jaligidagi 31 - o‘rta maktabda o‘qituvchilik qilish bilan boshladi. G‘.G‘ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutida biologiya fakulteti ochilganidan so‘ng, u yerga tanlov asosida ishga joylashadi. 1987 yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Bio – ximiya” institutiga stajyorlikka qabul qilinadi  va shu yili kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kiradi. Aspirantura muddati tugagach, Inobat Shirinova ish faoliyatini yana pedagogika institutida davom ettiradi.
    O‘qish - izlanishlar, kitoblar ustida mijja qoqmay tong ottirishlar o‘z samarasini berdi. 1993 yil Inobatxon nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan ximoya qildi, Biologiya fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘ldi. Inobat Shirinova hozirda Umumiy biologiya kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Uning 40 ga yaqin ilmiy va metodik ishlari chop etilgan. Olima “Biologiya”, “Fiziologiya” va “Gistologiya” fanlaridan ma’ruza va amaliyot darslari olib boradi-
    Inobat Anvarovna Universitetning jamoat ishlarida ham faol, fakultet talabalarning ilmiy konsultanti, kafedra mudiri kabi lavozimlarda ishlagan. Ilmiy va jamoa ishlarida u o‘zining qobiliyatli tashkilotchi, kamtar va ma’naviy yetuk xodim ekanligini namoyish qildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5