O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Rahima Shirinova 23 yildan buyon mazkur universitetning Xorijiy filologiya fakulteti, frantsuz filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.
Olimaning bugungi kunda 70 yaqin maqolalari ilmiy jurnalar va to‘plamlarda hamda xalqaro konferentsiya materiallarida e’lon qilingan. “Diniy realiyalarning badiiy tarjimada berilishi” (Monografiya), “Le systeme du droit Francais et les organisations internationales” (O‘quv qo‘llanma), “l.e Francais du droit” (O‘slubiy qo‘llanma), “Les curiosites de Paris” (O‘slubiy qo‘llanma) va “Frantsuz tili” (audio) darsligi muallifidir.
Dotsent Rahima Shirinova 2002 yil Germaniyaning Gettengen universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyada, 2002 yil esa Frantsiyaning Metts universitetida bo‘lib o‘tgan Butunjahon IV Yevropa Kongressida ishtirok etdi.
Rahima Shirinova 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh nedago! - va ilmiy kadrlarning tajribasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi pedagogik byudjeti g‘olibi bo‘ldi va 2011 yil byudjet sovrindori sifatida xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy muassalalariga qisqa muddatli tajribasini oshirish va tajriba almashish xuquqiga ega bo‘ldi. O‘ 2011 yil Frantsiyaning Frantsua Rable nomidagi Turen universitetida o‘z tajrbasini oshirib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
2015 yil mart oyida Frantsiya elchixonasi tomonidan “Campus France” dasturi doirasida tashkil qilingan “Eng yaxshi dars ishlanmasi” g‘olibi bo‘ldi va iyul - avgust oylarida Frantsiyaning Royan viloyatidagi Xalqaro til o‘qitish markazida tajriba oshirib, sertifikat olib qaytdi.
Hozirgi kunda Rahima Shirinova “Olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratishi” (frantsuz - o‘zbek realiyalari misolidi) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Olima 2014 yil may oyida Italiyaning Boloniya universitetida bo‘lib o‘tgan “Tarjimada taom nomlarining berilishi” mavzuidagi xalqaro konferentsiya dadissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ma’ruza o‘qidi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Dotsent Rahima Shirinova Vazirlik va Universitet tomonidan berilgan barcha ma’naviy - ma’rifiy ishlarda ishtirok etadi. O‘ iqtidorli talabalari uchun “Frantsuz tili” va “Yosh tarjimon” to‘garaklari faoliyatini takomillashtirishga munosib hissa qo‘shdi. O‘ kafedra iqtidorli g‘alablarini turli xil stipendiyalarga, tanlovlarga ishtirok etishga jalb etdi. O‘ rahbar sifatida doimo g‘alabalar bilan yaqin munosabatda bo‘ladi, ota - onalar bilan uchrashuvlar tashkil etadi, talabalar yotoqxonasida turli xil tadbirlar uyushtirishga va ularni ma’naviy rag‘batlantirishga harakat qiladi. Fakultet g‘alabalari turar joyida iqtidorli magistr rahbarligida til to‘garagini tashkil qilishga va mashg‘ulot o‘tkazish uchun o‘quv xonasini jihozlashga yaqindan yordam berdi.
Universitet ilmiy kengashi a’zosi hamda O‘zbekiston Jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tadigan seminarlarda ishtirok etib, bilimlarini yuksaltirib boradi.
Dotsent Rahima Shirinova “Frantsuz filologiyasi kafedrasi” mudiri lavozimida ishlagan davrida xalqaro hamkorlik ishlarini juda yaxshi yo‘lga qo‘ydi. O‘ning tashabbusi bilap 2014 yil Frantsiyaning nufuzli universitetlaridan Apgya universiteti, Grenobl universiteti va Puate universitetlari bilan shartnomalar tuzildi. 2013 - 2014 o‘quv yilida frantsuz volentyor - o‘qituvchilari Kamiy Garro va Kamiy Lauraen talabalarga malumotlar va o‘qituvchilarga seminarlar o‘tgan bo‘lsalar, 2014 - 2015 o‘quv yilida shu sohada faoliyat yuritmoqda.
Greenobl universiteti o‘qituvchisi Kamiy Lauraen bilan hamkorlikda “Frantsuz tilidan audio darsligi” yozib tugatildi va nashrga topshirildi. Bundan tashqari Artua universiteti o‘qituvchisi Matilda David Bolyo bilan hamkorlikda o‘zbekcha - frantsuzcha realiyalar lug‘ati ustida ish olib bordi.
Rahima Shirinova O‘zMO‘ va Frantsiya universiteti bilan hamkorlikni kundan - kunga yuksaltirib bormoqda. 2015 2016 yil Frantsiyaning Grenobl shahridagi Stendal Sh universigeti bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi va unga asosan bugungi kunda fakultetda mazkur universitet o‘qituvchisi Jonatan Lekont talabalarga frantsuz tilidan dars berib kelmoqda.
Rahima Shirinova o‘zining yangi - yangi g‘oyalarga, tashabbuslarga boyligi va izlanuvchanligi bilan kasbdoshlari hurmatiga sazovor bo‘ldi. Fakultetdagi talabalar uni o‘ziga yaqin olib, doimo maslahatlar so‘rab turiishdi.