O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shodiyev Amirqul

Shodiyev AmirqulTibbiyot fanlari doktori

    Qaramonimiz Amirqul Shodiyevning hakimlik maktabidan Samarqand viloyatida minglab xasta dillar bahra olib, dardlariga shifo topishayapti. Amirqul aka nafaqat iqtidorli shifokor, shuningdek ko‘ngli adabiyotga, ijodga moyil inson bo‘lgani uchun ham bemorlarini ilk suhbatidayoq dardini aritadi... Amirqul Shodiyev 1954 yil 15 martdaSamarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida dehqon oilasida tavallud topdi. To‘qson yoshdan ko‘proq umr ko‘rgan otasi Qarshiyev Shodi aka savodli bo‘lmasa - da, elda tanilgan donishmand inson bo‘lgan. Onasi Qarshiyeva Jozil opa lotin alifbosida o‘qishni o‘zlashtirgan, xalq dostonlarining ko‘pini yoddan bilar, oilaning nurafshon chirog‘i bo‘lgan. Opalari, Abriy va Ulug‘boy akalari ham mehnatlari bilan xalq e’zoziga sazovor bo‘lishgan. Katta akasi Samarqand davlat universitetining dotsenti, kichik akasi tu¬man xalq maorifi spektori... Amirqul 1970 yilda tumandagi 56 - o‘rta maktabni bitirib, Samarqand davlat meditsina institutining davolash fakultetida tahsil oldi. Bir yillik internaturadan so‘ng, 1977 – 1979 YY. Boku havo hujumlaridan himoyalanish okrugining harbiy qismida tibbiy xizmat boshlig‘I lavozimida ishladi. 1979 – 1988 YY. Samarqand meditsina instituti klinikasining neyroxirurgiya bo‘limida ordinator bo‘ldi, 1979 – 1980 YY. Afg‘onpston urushida jarohatlangan sobiq ittifoq internatsional askarvazo – bitlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan neyroxirurgii tibbiy yordam ko‘rsatish gospitalida faoliyat ko‘rsatdi. 1988 - 1991YY. Moskva shaxridagi akademik N. N. Burdenko nomli neyroxirurgiya ilmiy – tekshirish institutida maqsadli aspiranturada tahsil olib, 1991 yilda professor S. J Madiyorova L. B. Lixtermanlar rahbarligida “O‘rta Osiyoning agrosanoat viloyatida bosh miya travmalari” mavzusidagi nomzodlik, 2007 yilda professor A. M. Mamadaliyev rahbarligida “Markaziy asab sistemasining neyroxirurgii tug‘ma nuqsonlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Amirqul Shodiyev 1991 yildan buyon Samarqand meditsina institutining Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasida assistent, keyin Pediatriya fakultetining 3 - 4 kurslari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2000 yildan boshlab dotsent. 1993 – 2016 YY. Samarqand viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash Boshqarmasining bosh neyroxirurgi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Mamlakatimizdan eyroxirurglar assotsiatsiyasi hamda2010 yildan buyon Buyuk Britaniya neyroxirurglar assotsiatsiyasining a’zosidir. Olimning 400 dan ortiq ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalari, jumladan, 76 ta jurnal maqolalari, 5 ta ixtiro, 14 ta ratsionalizatorlik takliflari, 46 ta uslubiy qo‘llanmalar, 2monografiya, meditsina oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan1ta o‘quv qo‘llanma va 263 ta tezislari chop etilgan. U oliy toifali neyroxirurg, “Doktor axborotnomasi” jurnalining redkollegiya a’zosi hamdir. Malakali shifokor 1979 yildan meditsinaning eng murakkab va mas’uliyatli sohalaridan biri - neyroxirurgiya yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib, bir necha minglab bosh va orqa miya o‘sma, miya qon - tomir, markaziy va periferik nerv sistemasining travmalari, yiringli - yallig’lanish va parazitar kasalliklari, bosh va orqa miyaning rivojlanish jarayonidagi tug‘ma nuqsonlar, umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarni muvaffatsiyatli operatsiya qilib, elning e’zoziga erishgan mutaxassis. 30 yildan buyon meditsina institutda studentlariga neyroxirurgiya fanidan saboq berib kelmoqda. Ko‘psonli klinik ordinator va 5 nafar magistr rezidentlarga bevosita ustozlik qilgan. U 6 ta monografiya, o‘quv qo‘llanma xamda darsliklarning retsenzenta, “Xotiralar yashasa u zotsiz...” avtobiografik essening muallifidir. Amirqul Shodiyevich deketuk neyroxirurg, taniqli olim, talabalar hurmatiga sazovor ustoz, elning e’zoziga loyiq shifokor haqida har qancha faxrlanib gapirsak oz. Amirqul aka oilaning ham chaqnab turguvchi mayog‘i sifatida rafiqasi Nasibaxon ona bilan farzandlari: Rustamjon (xuquqshunos), Adibaxon (iqtisodchi), Habibaxon(xuquqshunos) va Azizaxon (ruhshunos) larni tarbiyalab, xalq xizmatini qilganlar. 8 nabira esa ular bosgan nurli yo‘llarning davomchilaridir...



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10