O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shomansurovna Elmira Omonullayevna

Shomansurovna Elmira Omonullayevna    Hayot Elmira  Omonullayevnani turli - tuman  sinovlardan ko‘p o‘tkazdi. Ammo har safar o‘z intiluvchanligi, yangilikga, bilimga chanqoqligi, sabr - toqati bilai bu sinovlardan muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Yoshligidagi orzusi - oq xalat kiyib yurshi uni O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutiga yetakladi. Elmira Omonullayevna institutni 1981 yili muvaffaqiyatli     tamomladi. 1981 - 1982 yillari Toshkent shahridagi 5 - bolalar shifoxonasida vrach - interi bo‘lib ishladi. 1982 - 1983 yillarda uchastka pediatri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1983 - 1985 yillarda Pediatriya ilmiy tadqiqot institutida klinik ordinatura o‘tadi. 1985 - 1988 yillarda Moskva shahridagi Tibbiyot fanlar akademiyasining Pediatriya ilmiy tadqiqot institutida aspiranturani tamomlagan.
  1988 yili Moskva shahrida “Bolalarda respirator xlamidoz” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 30 dan ortiq ilmiy ishlar va bir o‘quv qo‘llanma muallifi. U tomonidan ilk bor xlomidozning respirator shakli tadqiq qilingan va ushbu kasallikning tashxis mezonlari  ishlab chiqilgan, davolashning yangi uslublari tavsiya etilgan. Uning rahbarligida nomzodlik ishi himoya qilinib, aspirant va izlanuvchilar dissertatsion izlanishlar olib bormoqdalar.
  1989 yildan xozirga qadar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida, bir necha yil davomida “Oilaviy hamshira” fakultetining dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
  Shu yillar davomida fakultetni oyoqqa turgazdi. Undagi ishlarni takomillashtirishga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. O‘quv jarayonini yahshilashga, hamshiralarni o‘qitishda horijiy tajribalarni joriy etishga, ularning kasbiy sifat va ma’naviy qiyofasini yahshilashga katta hissa qo‘shdi. Koreya, Yaponiya, Germaniyadagi hamkasblari bilan birgalikda o‘zaro hamkorlikda anjumanlar o‘tkazdi.
  U pediatriya sohasi bo‘yicha Germaniyaning Kil shahri universiteti olimlari bilan hamkorlikda ishlaydi. Ko‘p bor malakasini chet ellarda: Germaniya, Koreya, Angliya, Rossiya va Yaponiyada oshirgan. Uning sa’y - harakati tufayli tibbiy o‘quv marqazida amaliy ko‘nikmalarni o‘qitish uchun zarur zamonaviy jihozlar (mulyajlar, fantomlar) yapon granti bo‘yicha keltirildi.
  Hamshiralik ishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarning tashabbuskori. U oliy ma’lumotli hamshiralarni o‘qitish bo‘yicha ta’lim standartlari va na’munaviy dasturlar tuzishda faol ishtirok etgan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5