Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
1975 yil 4 oktyabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda tumandagi 2 - o‘rta maktabni tugatgach, 1992 - 1997 yillarda Farg‘ona davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. 1999 - 2001 yillarda tilshunoslik kafedrasi qoshidagi aspiranturada o‘qigach, universitet ilmiy bo‘limida aspirantura bo‘limi boshlig‘i sifatida ish faoliyatini davom ettirdi. 2002 - 2005 yillarda ilmiy bo‘lim boshlig‘i, 2005 - 2007 yillarda ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor , 2007 - 2013 yillarda universitetda akademik litsey va kasb - hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifalarida mehnat qildi. 2014 yil yanvar oyidan Farg‘ona viloyat hokimligida jamoat va diniy tashkilotlar bilan olqalar kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu yillar davomida o‘rindoshlik asosida tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.
R. Shukurov serqirra va murakkab hodisalardan biri bo‘lgan parallelizm hodisasi, xususan, parallel sintaktik butunliklarning doirasi, chegara va mezonlari, ularning nutq birliklari qatoridagi mavqeini belgilash bilan bog‘liq tadqiqot olib borib, 2005 yilda professor A. Mamajonov rahbarligida Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi birlashgan ixtisoslashgan Kengashda “Parallel sintaktik butunliklar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Uning 3 o‘quv qo‘llanmasi, 30 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. Hozirgi kunda “XV - XVI asr yozma manbalarining onomastik tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.