1930-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Norjon opa 1948-1952 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida o‘qigan va davlat taqsimot komissiyasining qarori bilan institutda ishga qoldirilgan.Shukurova Norjon 1952-1995 yillar davomida dargohda uzluksiz ishlab keldi. 1953-1954 yilda Buxoro viloyat partiya qo‘mitasi u kishini SAGU (O‘rta Osiyo Davlat universiteti) qoshidagi ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarni tayyorlovchi bir yillik kursining "Siyosiy iqtisod" bo‘limiga o‘qishga yubordi va Norjon opa muvaffaqiyatli o‘qib keldi. Pedagogika institutida "Siyosiy iqtisod" ("Iqtisodiy nazariya" va "Makroiqtisodga kirish") fanidan ta’lim bera boshladi. 1966-yilda institutda ishlab turib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan Norjon G'aybullaevna Buxoro viloyat kolxozchilariga ish haqi to‘lashni joriy qilish ijodkorlaridandir. Shuni ham ta’qidlash lozimki, u kishi Buxoro viloyati iqtisod fani bo‘yicha kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan birinchi, Respublikada esa to‘rtinchi ayol hisoblanadi Dotsent Shukurova Norjon 1980-1984 yillarda "Siyosiy iqtisod" kafedrasining mudiri lavozimida ishladi.