O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sobirov Mahmudjon Mamarasulovich

Fizika - matematika  fanlari nomzodi, dotsent

    1955 yil 24  yanvarda Farg‘ona viloyatining  hozirgi Qo‘shtepa  tumanida  tavullud topgan. 1972 yil  tumanidagi 17 - o‘rta maktabni  muvaffaqiyatli  tamomlagach, Farg‘ona  davlat  pedagogika  instituti fizika fakultetiga  o‘qishga  kirdi. 1976 yil institutni tamomlagach, umumiy fizika kafedrasi laboranti  lavozimiga ishga qoldirildi. 1977 - 1979 yillari  nazariy fizika kafedrasi o‘qituvchisi, 1980 - 1981 yillari shu kafedrada  shogird - tadqiqotchi sifatida  faoliyat olib bordi. 1982 - 1985 yillari  aspiranturani tugatgach, 1986 yili Sankt- Peterburg  shahridagi A. F. Ioffe nomidagi  fizika - texnika instituti  qoshidagi 10. 01. 07 - Qattiq jismlar  fizikasi  mutaxassisligi  bo‘yicha  ilmiy kengashda  nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qildi. 1986 yildan  1994 yilgacha  nazariy  fizika kafedrasida  katta   o‘qituvchi vazifasida ishladi.
  1995 - 2009 yillar davomida oilaviy fermer xo‘jaligida  faoliyat olib bordi.
  2009 yildan pedagogik  faoliyatini davom  ettirib,  dastlab  Farg‘ona  davlat  universiteti  fizika kafedrasi  dotsenti lavozimida  faoliyat olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5