O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sobirov Shuhrat Odilovich

Sobirov Shuhrat OdilovichFizika-matematika fanlari nomzodi, dotsenti

     1960 yil 24 oktyabrda  Marg‘ilon  shag‘ridagi  8 - o‘rta maktabni tamomladi. Shu yili  Farg‘ona  davlat pedagogika instituti matematika   fakultetiga o‘qishga kirdi. U yerda 3 - kursga qadar  o‘qidi, so‘ngra o‘qishini  ToshDU ning matematika  fakultetiga  ko‘chirdi va uni 1983 yilda  tamomladi.
    Mehnat  faoliyatini 1983 yili Farg‘ona  davlat  pedagogika  institutida  kichik  ilmiy xodimlikdan  boshladi.  1987 - 1989 yillarda  Kiev  davlat   universitetining  aspiranturasida  o‘qidi. Taniqli  professor   N. Leonenkoning  ilmiy rahbarligida  1990 yili “ Tasodifiy  maydonlar  uchun limit  teoremalar “ mavzusida  ilmiy izlanishlar  olib  borib,  fizika - matematika   fanlari  nomzodligi  uchun  dissertatsiya  himoya qildi.
    1990 yildan dastlab umumiy matematika kafedrasi  o‘qituvchisi, so‘ngra   ehtimollar  nazariyasi   kafedrasida  o‘qituvchi  lavozimlarida  ishladi. Shundan  so‘ng  ehtimollar  nazariyasi   , umumiy  matematika   kafedralari  mudiri, iqtisodiyot  fakulteti dekani o‘rinbosari, universitet o‘quv bo‘limi boshlig‘i  lavozimlarida samarali ishladi.
    Faoliyati davomida talabalarga “Ehtimollar  nazariyasi va matematik  statistika “, ”Iqtisodchilar uchun matematika” , “Oliy matematika” fanlaridan  maruza va amaliy  mashg‘ulotlar o‘tib keldi.
    Sh.Sobirov ilmiy - pedagogik faoliyati davomida  ehtimollar nazariyasi  yo‘nalishida ilmiy izlanishlar  olib bordi hamda  O‘zbekiston  Fanlar akademiyasi fundamental  tadqiqotlarni qo‘llab - quvvatlash  fondi granti asosida “Tasodifiy  masofalarning  taqsimot  qonuni” mavzusidagi  ilmiy tadqiqot  ishlariga  rahbarlik qildi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5