O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sobirova Mahbuba Yusufjonovna

    Sobirova Mahbuba Yusufjonovna 1960 yil 4 iyunda Namangan viloyati Namangan  shahrida tug‘ilgai. 1981 yilda Namangan Davlat pedagogika institutnning o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Namangan shahridagi 11-o‘rta maktabda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib o‘n yil davomida faoliyat yuritgan, 1991 yilda Namangan Davlat universitetining «O‘zbek tilshunosligi» kafedrasiga tanlov asosida ishga taklif qilindi.
    1994 yilda professor M.Asqarova rahbarligida «O‘zbek maktablari yuqori sinf o‘quvchilariga sodda gap sintaksisni munozara usulida o‘rgatish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1998- 2000 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat universiteti kunduzgi bo‘lim doktoranturasida tahsil oldi.
    Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Sobirovanpng yetmishga yaqin ilmiy, uslubiy va ahloqiy-ta’limiy yo‘nalishdagi maqolalari xalqaro, respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy jurnal va to‘plamlarda chop etilgan.
    M.Sobirova shahar va tuman mahallalarida o‘tkaziladigan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifat suhbatlarda muntazam qatnashadi. Viloyat miqyosidagi fan olimpiadalarining adolatli o‘tishiga hissa qo‘shadi. Respublika «Olima» assotsiatsiyasi Namangai viloyat bo‘limi raisasi. Umuman, olima viloyat va universitet ijtimoiy-ma’naviy hayotining faol ishtirokchilaridandir. U Namangan viloyati va shahar hokimliklarining fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
    Mahbubahon oilali. Turmush o‘rtog‘i Munavvarov Abduraishd - pedagogika fanlari doktori, professor edi (2002 yili vafot etgan). 
    Uch qiz, ikki o‘g‘ilning onasi. Katta o‘g‘li Bahtiyorjon, qizi Ma’muraxon ham o‘qituvchi. Shoira xon - meditsina hamshirasi. Davronjon - iqtisodchi, Zamiraxon - iqtidorli yoshlar litseyi o‘quvchisi.
    Haqiqatparvar odamdan kimlardir hayiqib turadi, ku- zatganmisiz shuni? Mahbuba ham nohaqlikni ko‘rsa, jim tura olmay; insonlar toifasidan. Atrofidagilardan ham shuni talab qiladi. «Qalb ko‘zingiz uyg‘oq bo‘lsin» deydi u doim. Shashtli-shijoatli bu ayol kirgan davralar gulga, kulguga to‘ladi. Ko‘ngli shu daqiqalar osmon qadar ko‘tariladi. Yurakkinasidagi dardini unutganday bo‘ladi.
    Ana, tong otdi, oppoq-oppoq tong. Mahbuba dil armoniyu ko‘ngil nolasini uyda qoldirib, qadrdon o‘quv dargohi tomon shoshadi. «Yashash kerak, yashaganda ham o‘tganlarni va kelajak avlodni rozi qiladigan ishlar qilib, amallar qilib yonib yashash kerak». Uni doim kutishadi. Talabalari, hamfikr, xamkasblari, mahallalarda maslahatga muhtoj bo‘lgan ayollar - uni kutishadi. U odamlar uchun kerak. Shu emasmikan asl saodat?!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar10



Filologiya70