Rixsixon tug‘ilganda (1948) Ikkinchi jahon urushining ayanchli tafti hali uzoqqa ketmagan edi. Bir oz yupunlik, yetishmovchilik hali o‘zbek xonadonini tark etmagan edi. “Ovozingni eshitganimga shukur, xudo xohlasa tuz - nasibangni ko‘rib yashaysan” derdi katta oyisi bag‘riga bosib. Yana bag‘riga bosib, “Katta qiz bo‘lgin, chodirlarga kelin bo‘lgin”, deb duo qilardi. Allohga shukurkim, katta oyisining duolari ijobat bo‘ldi. Ulg‘ayib kelin ham bo‘ldi. Uziga munosib inson mexrini qozondi. Ulug‘bekdek istiqbolli o‘g‘il ko‘rdi, Dilchehradek nurli yo‘lli qizga ona bo‘ldi. O‘zi esa hozir tibbiyot fanlari doktori darajasiga yetdi. Yetdi, deymizu, ammo bu yo‘llar oson kechmadi...
Rixsi Abduqodirovna Sobirova 1972 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tamomladi.
1972 — 74 yillar stajyor - izlanuvchi, 1974 — 1994 yillar assistent, dotsent, 1994 — 2002 yillar professor lavozimlarida ishladi. 2002 yildan hozirgi kungacha u bioorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiridir. Zaharlanganda rivojlangan eksperimental ginerxolesterinemiyada lipid almashinuvining o‘ziga xos xususiyaglari” mavzusida nomzodlik, 1994 yilda esa, “Oshqozon osti bezi eksperimental patologiyalarida membranalar tuzilishi va funktsiyasining xarakteristikasi va patogenetik tiklash yo‘llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Rixsi Abduqodirovna 98 ilmiy ish, 1 monografiya muallifidir.
R. A. Sobirova — II topdi ilmiy kotibi, O‘zbekiston Respublikasi bioximiklar jamiyatining a’zosi, biokimyo bo‘yicha monotematik hay’at raisi hamdir. 2 fan nomzodini tayyorlagan.
Rixsi Abduqodirovnaning turmush o‘rtog‘i ustoz — pedagog. O‘g‘li Ulug‘bek tibbiyot fanlari nomzodi. Bugungi kunda u dermatologiya va venerologiya ITI doktoranti. Qizi Dilchehra II ToshDavTIda akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrant.
Rixsixon farzandlariga, qo‘lida tahsil olayotgan yoshlarga qararkan, ularda tibbiyotimizning ertasini ko‘radi. Xuddi katta oyisi kabi ularni olqishlagisi keladi, ularga oq yo‘l tilaydi.