O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sobirova Xolidaxon Sobirxo‘jayevna

Sobirova XolidaxonFizika  – matematika fanlari nomzodi, dotsent

    1927 yilda  Marg‘ilon  shahrining Teraktagi  mahallasida tug‘ildi. Marg‘ilon  shahridagi  o‘rta maktabni 1941  yilda  tamomlab, 8- maktabda boshlang‘ich  sinflarda  o‘qituvchilik qildi.
    1943 - 1946 yillari Farg‘ona  davlat  pedagogika institutining fizika - matematika  fakultetida  tahsil oldi va imtiyozli diplom bilan tamomladi. So‘ngra hozirgi Qo‘shtepa  tumanidagi  1 -  shrta  maktabda  o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1951 yilda  Farg‘ona  davlat  pedagogika institutining umumiy  matematika  kafedrasiga  o‘qituvchi  lavozimiga ishga  taklif etildi. Pedagogika faoliyat bilan  birglikda  ilmiy  izlanishni  davom ettirdi.
    1957 - 1960 yillarda  aspiranturaning kunduzgi  bo‘limida o‘qidi. Fizika –matematika fanlari  doktorni I. S. Arjanqx  ilmiy rahbarligida  differentsial  tenglamalar  yo‘nalishida ilmiy  izlanishlar olib bordi. 1963 yili O‘zR FA birlapshgan  ilmiy Kengashi qarori  bilan  X. Sobirovga  fizika - matematika fanlari nomzodi  ilmiy darajasi berildi. Bu bilan  u Farg‘ona  vodiysida matematika sohasi bo‘yicha  birinchi  olima ayol bo‘ldi. Umrining  oxirigacha Farg‘ona davlat pedagogika instituti matematika fakultetida dotsent, kafedra mudiri, institutning kechki va sirtqi bo‘limlari prorektori lavozimlarida ishlagan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5