Filologiya fanlari nomzodi O‘zMU dotsenti Tojixon Sabitova 1948 yil 8 mayda O‘sh shahrida tavallud topdi. Tojixonniig asriy orzulari ruyobga chiqdi. Otasi Ahmadjon aka, onasi Umrxon ayalarning: “Qizim, seni universitetda o‘qitamiz, olima bo‘lasan” deganlarini ko‘p eslaydi. Maktabni bitirgach, bir yil to dargoxda yoshlar yetakchisi bulnb ishlab, malakasini oshirdi va hayotning o‘nqir - cho‘nqirini angladi. Tojixon Sabitova 1967 yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilindi.Oliygohni 1972 yilda muvaffaqiyatli tamomlagach, taqsimot da uni kafedrada ishga olib qolishdi. Ustozlar tavsiyasi bilan o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlab, sirtdan aspiranturada o‘qidi. 1984 yilda Ozarbayjon FA koshida Nizomiy nomidagi Adabiyot institutida “O‘zbek xalq dostonlarida konflikt” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiya yuqori baholandi. Monografiya sifatida nashr qilishga tavsiya etildi.Olima 52 yillik ish faoliyatining 47 yili Milliy universitetda o‘tganidan, yosh avlodga ta’lim berib, ularni xalq og‘zaki ijodi, qadimiy qadriyatlarimizga qizi- KIHN va hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shganidan qalbida faxr tuyadi. Tojixon Sabitovaning 20ga yaqin kitoblari - darslik, o‘quv qo‘llanmalari, metodik ishlar, dasturlar va 100 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ommabop maqolalari nashr qilingan. U shu ulug‘ dargohning filologiya, jurnalistika fakultetlarida o‘qiituvchi, katta o‘kituvchi, dotsent lavozimlarida salkam 50 yil, ya’ni yarim asr faoliyat yuritganidan baxtiyor. O’z kasbining haqiqiy fidoyisi sifatida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish, innovatsion va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, talabalarning bilim saviyasini o‘stirish ustida ilmiy - uslubiy faoliyat
olib bordi. Muallimaning akademik litsey o‘quvchilari uchun dotsent O.Madaev bilan hamkorlikda yaratgan “Xalts og‘zaki poetik ijodi” darsligi to‘rt marta (2001, 2003, 2010, 2011 y.) nashr etildi, uidan respublikadagi barcha o‘qituvchilar asosiy qo‘llanma sifatida foy- dalanishadi. “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi”, “Xalq og‘zaki ijodiyoti”, “Adabiy ertaklar”, “Xalq ijodi saboqlari” kabi o‘chun yo‘llanmalari va ko‘plab mumtoz adabiyot bo‘yicha yozgan ilmiy maqolalaridan respublikamizning maktab, kollej, akademik litsey o‘qituvchilari, folklor va adabiyotga qiziquvchilar, talabalar, magistrantlar va aspirantlar foydalanmoqdalar. Tojixon Sabitova 1997 - 2001, 2004 - 2006 yillarda o‘zbek filologiyasi fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ishlab, “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Men vatan farzandiman”, “Vatanim — faxrim”, “Yoshlar ma’naviyati — Vatan istiqboli»’, «Til - millat ko‘zgusi”, “Yoshlar — qadriyatlarimiz va urf — odatlarimizni e’zozlang!”, “Tadbirkorlik - yoshlar kelajagi hayotini yaxshilaydi”, “Yoshlar tarbiyasida insoniylik mezoni” va boshqa mavzularda tadbirlarni amalga oshirgan. Universitetda “Qizlar klubi”, fakul¬tet xotin - qizlar kengashi raisi sifatida ko‘plab uchrashuvlar, suhbatlar uyushtirdi. “Zulfiyaxonim qizlari” ijodkor shoiralar klubining tashkilotchisidir. Olima tez tez Respublika OVYeRiga, Ichki Ishlar Boshqarmasi Akademiyasi, Soliq kollejlariga ma’naviyat mavzuyida ma’ruzalar o‘qiydi. Shuningdek, uning O‘zbekiston Milliy Radiosi va televideniyasida qilgan mingga yaqin chiqishlari ham e’tiborga molikdir. Qozir ham ona “Ziyo” mahallasi fuqarolar yig‘inning faol ishtirokchisi. Tojixon opaning turmush o‘rtog‘i marhum Rustambek Ismoilov shu unversitetning tarix fakultetini bitirib ko‘p yillar maktabda faoliyat ko‘rsatgan edi. Bukun Tojixon ona marhum singlisi Tanzilaxonning va Afg‘onistonda xizmat burchini bajarayotib halok bo‘lgan ukasi Rahimjonlarning farzandlari va nabiralarining mehribon jonkuyari hamda buvisi. U shular bilan baxtiyor damlarni kechirib, hayotdan zavq olib, nabi¬ralarining davrasida mamnun va masrur yashamoqda.