O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sodiqjon Zokirov

Sodiqjon Zokirov    Sodiqjon Zokirov 1950 yilda Namangan viloyati  Chortoq tumani  Peshqo‘rg‘on  fuqorolar yig‘ini  tug‘ilgan.
    1957 yilda 19 -  to‘liqsiz   o‘rta maktabga  o‘qishga kirib, 1967 yilda  21 o‘rta  maktabni  a’lo  baholar  bmilan  tugaptdi. 1967 - 1968 o‘quv  yillarida  19 - o‘rta maktabda  bosh pionervojatiy  bo‘lib ishladi.
    1968 yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti tabiiyot - geografiya fakulteti kimyo - biologiya bo‘limiga o‘qishga kirib, uni 1973 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘llanmasiga binoan ushbu o‘quv yilidan boshlab Andijon paxtachilik institutida assistent lavozimida ish boshladi va 1983 yilga qadar katta metodist, laboratoriya mudiri bo‘lib ishladi.
    1983 yil 18 maydan Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) fizika kafedrasiga kimyo fani bo‘yicha assistent lavozimiga ishga o‘tdi. 1988 yildan katta o‘qituvchi, 1989 — 1993 yillarda filial o‘rnida yangi tashkil etilgan Namangan sanoat-texnologiya instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, 1993 — 1997 yillarda texnologiya fakulteti dekani lavozimlarida ishladi. 1998 — 2002 yilarda kimyoviy texnologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti, 2002 yildan kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    U 1991 yilda “Geksin - 1- ol - 3 sintezi jarayonlari va u asosida olingan hosilalarni tadqiq etish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan 70 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari chop etilgan. 49 ta ilmiy maqola, II ta ixtiro uchun patent va 10 ta uslubiy qo‘llanma shular jumlasidandir.
    Hozirgi kunda “Mahalliy resurslar asosida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Olingan natijalarga ko‘ra 3 ta ixtirosi ishlab chiqarishga joriy etilgan bo‘lib, uning iqtisodiy samaradorligi yiliga 300 — 350 mln. so‘mni tashkil etadi.
    Samarali mehnatlari uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qator “Faxriy yorliq"lari bilan taqdirlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5