O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sodiqov Salimjon Azamovich

Sodiqov Salimjon AzamovichFalsafa fanlari doktori, professor

     S.Sodiqov  1937 yil 21 may kuni Rishton qishlog‘ida oddiy  ishchi  oilasida tug‘ilgan. Otasi  Azamjon  Sodiqov  Ikkinchi  Jahon  urushi  qatnashchisi  bo‘lib, tuman  MTS da haydovchi, onasi  esa  tibbiyot  hamshirasi edi.  Yosh  Salimjon  ayni  urush avj olgan  1944 yilda  Rishtondagi  1 -  sonli  maktabga  o‘qishga  kiradi. 1953 - 1957  yillarda “Shimoliy So‘x” neft - gaz ishlab chiqarish  korxonasida  haydovchi  bo‘lib  ishlaydi. 1957 - 1960 yillarda armiya safida xizmat qiladi. 1962 yilda esa tumandagi ishchi yoshlar kechki maktabini tugatadi.
    Salimjon Sodiqov Rishton tumani yoshlari orasidan birinchi bo‘lib 1962 yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirib, 1968 yilda mazkur nufuzli universitetni imtiyozli diplom bilan tugatadi. Uning iqtidori va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilishini sezgan universitet olimlari aspiranturada o‘qishga chorlaydilar.
    1973 yilda falsafa fanidagi dolzarb yo‘nalishlardan biriga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1972 - 1979 yillarda Samarqand davlat arxitektura - qurilish institutida oddiy o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, falsafa kafedrasi dotsenti va mudiri lavozimlarida mehnat qildi. 1979 - 1981 yillarda Moskva davlat universitetining falsafa fakultetida doktoranturani o‘tadi.
    1982 yilda MDU Ilmiy Kengashida MDU professori V.I.Razin rahbarligida “Jamiyat taraqqiyotida sinfiylik va milliylikning o‘zaro aloqadorligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1983 yilda shu mavzudagi monografiyasi “O‘zbekiston” nashriyotida ko‘p adadda chop etildi.
    Salimjon Sodiqov 1982 yildan umrining oxirigacha Samarqand qishloq xo‘jalik institutining falsafa kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1990 yilda betobligi sababli nafaqaga chiqqan.
    Uning turmush o‘rtog‘i Ozoda Otaeva ham yetuk olima bo‘lib, MDUda doktoranturani o‘tab, falsafa fanining dolzarb mavzulari bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borgan. U ham Samarqand qishloqxo‘jalik institutida ishlagan.
    Falsafa fanlari doktori, professor S.Sodiqovning yorqin xotirasi uning shogirdlari va yaqinlari qalbida hamisha barhayotdir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5