Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1941 yil 10 yanvarda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatida tug‘ilgan.
1960 yilda Farg‘ona pedagogika institutining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirib, 1965 yilda biologiya - ximiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1965 - 1966 yillarda harbiy xizmatda bo‘lib qaytdi va shu yili Farg‘ona davlat pedagogika institutiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 1968 - 1971 yillarda I. P. Pavlov nomidagi fiziologiya ilmiy tekshirish institutida aspiranturada o‘qidi. 1971 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
1971 - 1974 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, 1974 1978 yillarda katta o‘qituvchi, 1978 - 1979 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti dotsenti lavozimlarida ilmiy - pedagogik faoliyat olib borgan.
1979 - 1989 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlab, fakultetda o‘quv - uslubiy jarayonni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shgan. 1990 - 1997 yillarda universitetning tibbiy bilim asoslari kafedrasiga mudirlik qildi. 1997 - 2004 yillarda fiziologiya kafedrasi dotsenti , 2004 yildan 2011 yilga qadar Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti lavozimida samarali mehnat qildi.
X. Solijonov innovatsion g‘oyalar va loyihalar respublika yarmarkasi doirasidagi ko‘rgazmalarda bir necha bor o‘z ilmiy ishlanmalari bilan unosib ishtirok etgan. Fiziologik tadqiqotlarga doir ko‘plab qo‘llanmalar, ilmiy va uslubiy maqolalar muallifi.