Pedagogika fanlari nomzodi , dotsent,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq talimi xodimi
1923 yil 24 dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tug‘ilgan. 1930 - 1940 yillarda shahardagi 1 - o‘rta maktabda o‘qigan. 1940 - 1942 yillari Ikkinchi jahon urushida qatnashdi va janglarda jarohat olib, 1943 yili yurtiga qaytdi. 1946 yilga qadar Shahrixondagi maktablarda matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.
1946 - 1950 yillari Farg‘ona pedagogika instituti fizika - matematika fakultetida o‘qidi.So‘ng institut tayyorlov bo‘limiga matematika o‘qituvchisi qilib ishga olib qolindi.1954 yildan institut elementar matematika kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi, 1957 - 1959 yillari fizika –matematika fakulteti dekani lovozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1959 - 1962 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1962 - 1964 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘lim bo‘yicha prorektor lavozimida ishladi. 1966 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) qoshida “O‘rta maktab geometriya kursida geometrik almashtirishlar ahamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1969 yilda matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini olishga muyassar bo‘ldi. N. Sotvoldiyevga ilmiy pedagogik faoliyatidagi yutuqlari uchun 1967 yilda O‘zbekistan xalq maorifi a’lochisi, 1991 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari berildi.
N. Sotvolddiyev uzoq yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi o‘quv - metodik kengashlar a’zosi va Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘quv - metodik kengashi raisi sifatida ilmiy - metodik ishlar rivojiga katta hissa qo‘shdi.
1969 - 1975 yillarda matematika fakulteti dekani, 1978 - 1990 yillarda matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faol mehnat qildi.
N. Sotvoldiyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi sifatida bir necha orden va ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.