Tibbiyot fanlari doktori, professor
Aminboy Sulaymonov 1938 yil 14 oktyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tavallud topdi. O‘quvchilik yillarida (1945 - 1956) ota - onasining tez - tez kasal bo‘lib turishi, turmush tarzining og‘irligi o‘smirda tibbiyot sirlarini o‘rganish ishtiyoqini kuchaytirdi...
Aminboy 1955 yili Toshkent tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘tsishga kirdi. Tibbiyot sirlarini mukammal bilish uchun 3 - kursdaligidayoq 14 - sonli shahar bolalar shifoxonasida dastlab, laborant, so‘ng o‘rta tibbiyot xodimi bo‘lib ishladi. Keyinchalik bolalar xirurgi professor Karim Xo‘jaevich Tagirov boshchiligida ilmiy va amaliy faoliyatini shakllantirdi.
A.S.Sulaymanov (1961 - 1964 yil) ilk ish faoliyatini Buxoro viloyatining Jondor tumani markaziy kasalxonasining bosh shifokorligidan boshladi. Keyinchalik xirurgiya bo‘limida ordina¬tor, bo‘lim mudiri lavozimida ishladi. Sung ustozi Karim Tagirovning taklifi bilan Toshkentga keldi. SAMPI ning bolalar xirurgiyasi kafedrasida va amaliyot bazasi bo‘lgan 14 - sonli shahar bolalar kasalxonasida ilmiy va amaliy tajribasini kuchaytirdi. 1964 - 1965yy. ToshMI bolalar xirurgii kasalliklar kafedrasi¬da klinik ordinaturada, 1966 - 1969 YY. aspiranturada o‘kidi. 1973 yilda “Bolalarda exinakokk kasalligi” mavzusida nomzodlik dis - sertatsiyasini himoya qildi. 1969 - 1972 yy. ToshMI bolalar xirur¬giya kasalliklari kafedrasi assistenti, 1972 - 1980M. (SAMPI) ToshPMI bolalar xirurgik kasalliklar kafedrasida dotsent lavozimida ishladi.
Akademik G.A.Bayron bilan uchrashuvi va maslahatlari uni Leningraddagi Pediatriya tibbiyot institutiga borib, uning rahbarligida bolalar xirurgiyasi bo‘yicha ilmiy izlanish olib borishiga sabab bo‘ldi. U yerda “Bolalarda anorektal norosoliklarda korrektsiyalash va qayta - tiklov operatsiyalar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. A.S.Sulaymonov 1980 yildan O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti (SAMPI) ping Bolalar xi¬rurgiyasi kafedrasi mudiri, maxsus ilmiy kengash rais muovini, 1986 – 1987 yil (SAMPI) ToshPMI o‘quv ishlari prorektori, 1987 - 1997 yil (SAMPI) ToshPMI rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
A.S.Sulaymonov rektor lavozimiga saylov orqali tayinlangan yagona olim edi. 1980 – 1988 O‘zbekiston Respublikasi SSV Bosh bolalar xirurgi lavozimida faoliyat yuritdi. 1984 yilda A.S.Sulaymonov tashabbusi bilan ToshPMI klinikasida: “Bola¬lar operativ nefrologiya va sun’iy buyrak”, “Kordioxirurgiya”, “Bolalar ginekologiyasi”, “Torakal xirurgiya”, “Ortopediya”, “Bo¬lalar xirurgik infektsiya” bo‘limlari va “Kunduzgi statsionar” ochilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Bolalar xirurglari jamiyati” tashkil etildi.
A.S.Sulaymonov boshchiligida 3 fan doktori, 20 fan nomzodi tayyorlangan. 500dan ortiq ilmiy maqola. 1ta darslik, 5ta monog ¬ rafiya, 12ta kashfiyot patentlari, 30 ta uslubiy qo‘llanmaga mualliflik qilgan. “Pediatriya” jurnali asoschisi va bosh redaktora bo‘lgan. Hozirgi kunda Aminboy Sulaymonovning izdosh shogirdlari: professor, bolalar urologi Jumanazar Beknazarov, profes¬sor, bolalar koloproktologi Abdurashid Hamraev singari bir necha professorlar, dotsentlar va butun respublika bolalar xirurgiyasi jamoasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda...
Aminboy Sulaymonov rafiqasi Rozaxon opa bilan farzandlari: Lolaxon (tibbiyot fanlari nomzodi, neonatolog, vrach funktsialist), Layloxon (tibbiyot fanlari nomzodi, akusher - ginekolog), Shahloxon (iqtisodchi) larni yetuk insonlarni voyaga yetkazdilar. Mazkur sahifani tayyorlashda jonkuyarlik ko‘rsatgan A.Sulaymonovning shogirdi professor Abdurashid Jo‘raqulovga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz.